» » Samarqandda 29 tup kannabis o‘simligini yetishtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda 29 tup kannabis o‘simligini yetishtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Samarqanddagi “Qoradori—2020” tadbiri davomida pastdarg‘omlik 50 yoshli ayol hovlisida giyohvandlik o‘simligini yetishtirgani aniqlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 50 yoshli B.P. ismli ayolning ushbu noqonuniy xatti-harakati 2020-yilning 6-iyul kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fosh etilgan. Pastdarg‘om tumani “Katta naymancha” mahallasida yashovchi ayolning hovlisi ko‘zdan kechirilganda, u yerda 250 kvadrat metr maydonda 29 tup kannabis giyohvandlik o‘simliklari ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlangan. O‘simliklar o‘rnatilgan tartibda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

“Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, aniqlangan giyohvandlik o‘simliklarining vazni 24.402 grammni tashkil qilib, ular marixuana giyohvandlik vositasi turiga kirishi ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan giyohvandlik o‘simliklari miqdoridan kelib chiqqan holda B.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) bilan qo‘shimcha ayb e’lon qilinib, “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘yicha sudlovga yuborilgan”, – deyiladi department xabarida.

Avval Andijon viloyat IIB hamda bojxona boshqarmasi xodimlari 300 grammdan ortiq gashish giyohvand moddasini 4 ming dollarga sotayotgan fuqaroni qo‘lga olgani, Toshkent viloyati Olmaliq shahrida marixuana giyohvandlik vositasini qovurayotgan fuqarolar, shuningdek, Toshkent viloyatidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosida qariyb 6 kilogramm marixuana saqlagan va ish vaqtida uni qovurgan qorovul ushlangani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют