» » O‘rtoqlik uchrashuvlari. “Barselona” “Ximnastik”dan ustun keldi, “Milan” esa “Breshiya”ga imkon qoldirmadi

O‘rtoqlik uchrashuvlari. “Barselona” “Ximnastik”dan ustun keldi, “Milan” esa “Breshiya”ga imkon qoldirmadi


Yevropa maydonlarida 12-sentabr, shanba kuni bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazildi.

“Barselona” jamoasi “Ximnastik Tarragona”ga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Usmon Dembele hisobni ochgan bo‘lsa, 17-daqiqada Antuan Grizmann penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirgan holda ikkinchi golni urdi. 31-daqiqada mehmonlar Xavi Bonilyaning golidan keyin hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Filippe Koutinyo penaltidan to‘p kiritgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Barselona”ning La Liga 1-turidagi uchrashuvi jamoaning Chempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab qoldirilgan.

Yana bir nazorat bahsi “Milan” va “Breshiya” jamoalari o‘rtasida kechdi. Frank Kessie, Lorenso Kolombo va Samuel Kastilyexoning gollariga mehmonlar Andrea Getssining kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

“Milan” 2020/21-yilgi mavsumni 17-sentabr kuni Yevropa Ligasi doirasida “Shemrok Rovers”ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

12-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 – 6 Dembele, 2:0 – 17, penalti Grizmann, 2:1 – 31 Bonilya, 3:1 – 51, penalti Koutinyo.

“Barselona”: Neto (Penya, 46), Pike (Arauxo, 46), Langle (de Yong, 46), Alba (Firpo, 46), Serxi Roberto (Semedu, 46), Alenya (Puch, 46), Buskets (Konrad, 46), Dembele (Kuenka, 46), Pedri (Trinkau, 46), Messi (Breytueyt, 46), Grizmann (Koutinyo, 46).

“Ximnastik Tarragona”: Vilfred (Gonsales, 46), Oriol (Giu, 76), Rueda (Miranda, 76), Albarran, Tyensa (Fran Karbia, 60), Bonilya (Prats, 87), Trilles, Brugi (Grifel, 60), Ribelyes (Pradhomm, 76), Oliva (Lasso, 60), Aman (Ballesteros, 60).

Ogohlantirishlar: Brugi (13), Buskets (21), Bonilya (36).

Gollar: 1:0 – 40 Kessie, 2:0 – 49 Kolombo, 3:0 – 61 Kastilyexo, 3:1 – 74 Getssi.

“Milan”: Donnarumma (Teterushanu, 62), Kyer, Teo (Laksalt, 83), Kalabriya (Kalulu, 83), Gabbiya, Kastilyexo (Krunich, 62), Salemakers (Brahim Dias, 62), Bennaser, Kessie, Chalxono‘g‘lu (Lukas Paketa, 83), Kolombo (Maldini, 62).

“Breshiya”: Andrenachchi, Martella, Sabelli (Semprini, 52), Papetti, Mangraviti (Mateyu, 52), Morozini, Byarnason (Viviani, 50), Zmrgal, Dessena, Shpalek (Getssi, 50), Aye.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют