» » Andrey Shipilov: OKMK ustidan qozong‘an g‘alabamizni klubimizning marhum prezidentiga bag‘ishlaymiz

Andrey Shipilov: OKMK ustidan qozong‘an g‘alabamizni klubimizning marhum prezidentiga bag‘ishlaymiz


“Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov Coca-Cola Superliga doirasida OKMKga qarshi kechgan o‘yindagi (1:0) g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ajoyib stadionda mana shunday to‘qnashuv bo‘lishini kutgandik. Har ikki jamoa keskin kurashlarga boy o‘yin ko‘rsatdi.

OKMK chempionat yetakchilaridan biri va bunga haqli o‘rinda bormoqda. Biz o‘z vaziyatlarimizdan birini golga aylantira oldik. Darhaqiqat, OKMKda ham yetarlicha yaxshi vaziyatlar bo‘ldi.

Bu g‘alabamizni marhum prezidentimizga (marhum Sergey Vyunenko — izoh “Daryo”) bag‘ishlaymiz. Ayni paytda shifoxonada bo‘lib turgan jamoamiz ma’muri Ravshanga sog‘liq tilaymiz. Fursatdan foydalanib, klubimizning fidoyi shifokorlariga ham rahmat deymiz.

Shahzod Ubaydullayev va Doniyor Narzullayev nega birinchi bo‘limda maydonga tushmadi? Shahzod va Doniyor 16 tur to‘liq o‘ynadi. Doniyor Olmaliqda o‘ynamagandi, Shahzod esa deyarli hamma o‘yinda to‘liq qatnashdi. Uni avaylashimiz kerak, chunki uning kichik jarohati bor edi.

“Metallurg” kuchli uchlikka kira oladimi? Hali oldinda 9-10 tur bor. Keling, 20-dekabrgacha yetib boraylik. Biz bu uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz va bu yo‘lda astoydil mehnat qilamiz.

Andrey Shipilov, “Metallurg” bosh murabbiyi

Mazkur g‘alabadan keyin bekobodliklarning ochkolari 25 taga yetdi va jamoa 6-o‘rinda bormoqda. “Metallurg” keyingi turni “Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zmetkombinat” boshqaruvi raisi, “Metallurg” klubi prezidenti Sergey Vyunenko 8-sentabr kuni koronavirus asoratlari natijasida vafot etgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют