» » Namanganda ikki erkakni do‘pposlagan Gulsanam Alijonovaga nisbatan jinoyat ishi tugatildi

Namanganda ikki erkakni do‘pposlagan Gulsanam Alijonovaga nisbatan jinoyat ishi tugatildi


Namanganda ikki erkakni do‘pposlagan Gulsanam Alijonovaga nisbatan jinoyat ishi tugatildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi vakillarining ma’lum qilishicha, Gulsanam Alijonovaning jinoyat ishi yuzasidan viloyat prokuraturasiga jazoni yengillashtirish bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat etilgan.

Shuningdek, Yoshlar ittifoqi Norin tuman kengashi Gulsanamning jamoat ishlarida faolligi, 2019-yildan buyon volontyor sifatida faoliyat yuritishi va sportdagi yutuqlarini inobatga olib, qayta jinoyat sodir etmasligi bo‘yicha kafillikka olgan.

Norin tuman IIB mutasaddilariga ko‘ra, JPKning 84-moddasi, 5-qismi, 2-bandiga asosan, Gulsanam Alijonovaning muqaddam sudlanmaganligi, qilgan ishidan pushaymonligi, jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligi, sodir etgan harakati uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar turiga kirishi, shuningdek, Yoshlar ittifoqi kafilligini inobatga olib, ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gulsanam Alijonovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Uning o‘zi “Daryo” muxbiri bilan suhbati chog‘ida opasini kuzatishga chiqqanida futbolka va shortikda bo‘lgani uchun masxara qilgan yigitlarga javob qaytargani va sha’nini himoya qilganini bildirgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют