» » Qashqadaryo Damas haydovchisi velosipedchini urib yuborishi oqibatida jabrlanuvchi vafot etdi

Qashqadaryo Damas haydovchisi velosipedchini urib yuborishi oqibatida jabrlanuvchi vafot etdi


Qashqadaryo viloyatida tunda Damas haydovchisining velosipedchini urib yuborishi oqibatida 57 yoshli fuqaro hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar bergan.

“2020-yilning 13-sentabr kuni soat 01:30 larda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, “Istiqlol” MFY hududidan o‘tgan 4R-92 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida Damas haydovchisi 1995-yilda tug‘ilgan F.Ch. yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan velosipedchi 1963-yilda tug‘ilgan F.B.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida velosipedchi 57 yoshli F.B. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etdi”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, YHXBB mazkur YTH yuzasidan Qarshi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilayotgani, Damas haydovchisi F.Ch. bir yil mobaynida bir marta yo‘l qoidabuzarligini sodir etgani aniqlanganini ma’lum qilgan.

Iyul oyida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Сobalt haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan 30 yoshli ayolni urib yuborgani, tan jarohati olgan ayol voqea joyida vafot etgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют