» » Isroilda vazirlar keskin karantin choralari qaytarilishiga qarshi chiqdi

Isroilda vazirlar keskin karantin choralari qaytarilishiga qarshi chiqdi


Isroil qurilish vaziri Yaakov Lisman Rosh ha-Shana bayrami vaqtida qattiq karantin choralari joriy etilayotganiga norozilik bildirib, iste’foga chiqish bo‘yicha ariza berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Shuningdek, qattiq karantin choralarini qaytarish taklifini ta’lim vaziri Izaxara Shay ham tanqid qilgan. Uning fikricha, ommaviy yig‘ilishlar va ko‘ngilochar tadbirlarning o‘tkazilmasligini ta’minlash uchun komendantlik soatining o‘zi yetarli.

Bundan tashqari, hamkasblarini mamlakat moliya vaziri Israel Kas ham qo‘llab-quvvatlagan. Uning ma’lum qilishicha, “umumiy karantin bo‘yicha taklifda iqtisodiy jihatlar inobatga olinmagan” va qattiq karantin kuchga kirishidan oldin qo‘shimcha hukumat yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirgan.

Avvalroq Isroil hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun karantin cheklovlarini qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Cheklovlar 18-sentabr kuni nishonlanadigan Rosh ha-Shana bayrami — yahudiylar Yangi yili kunidan boshlanadi va Sukkot bayramining oxiriga qadar davom etadi.

Isroilda koronavirus tarqalishi tezlashayotgani haqida iyun oyida xabar qilingan. Unga qadar mamlakat bosqichma-bosqich ochilayotgandi, rasmiylar va shifokorlar epidemiyani tez yengdi deb hisoblanayotgandi. Isroil hukumati 25-iyun kuni xorijliklarning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni 1-avgustgacha cho‘zishga qaror qilgan. Iyul boshlarida esa Isroil bosh vaziri mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni “favqulodda holat” deb atagandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda koronavirus bilan kasallanganlar soni 155 604 kishiga yetgan. Hozirga qadar 114 998 kishi sog‘aygan bo‘lsa, 1119 bemor COVID-19 qurboniga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют