» » Ohangaronda 22 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Ohangaronda 22 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi


Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 22 yoshli haydovchi belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 14-sentabr kuni soat 07:20 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 M-39 avtomobil yo‘lining 165-kilometrida haydovchi, 1998-yilda tug‘ilgan M.P. “VAZ-2107” rusumli avtomobilni Angren–Ohangaron yo‘nalishida boshqarib ketayotib, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan 50-55 yosh atrofidagi erkakni (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada shaxsi noma’lum piyoda og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют