» » Toshkentda 280 mlrd so‘mga shahar markazini Sergeli bilan bog‘lovchi yo‘l inshootlari quriladi

Toshkentda 280 mlrd so‘mga shahar markazini Sergeli bilan bog‘lovchi yo‘l inshootlari quriladi


Yakkasaroy tumani Cho‘ponota ko‘chasidan, Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lda tirbandliklarning oldini olish uchun uchta yangi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi haqida xabar bergan edik. Umumiy masofasi 6 kilometr bo‘lgan yo‘l o‘tkazgich va ko‘prikning qiymati 280 milliard so‘mdan ortiq budjet mablag‘larini tashkil qilmoqda. Bu yo‘l o‘tkazgich va ko‘prikda bir soatda 6 mingdan 8 minggacha avtomobil harakatlanishi mumkin. Ayni paytda Yakkasaroy tumanining “Qushbegi” mahallasida ishlar boshlab yuborilgan.

“Bu qurilayotgan inshoot majmuasi poytaxt markazidan Sergeliga va Yakkasaroy tumanidan markazga bo‘lgan avtomobil qatnovini maksimal darajada tezkor, qulay va xavfsiz bo‘lishini ta’minlaydi. Ko‘prikda uchtadan olti polosali avtomobil qatnoviga sharoit yaratilmoqda. Qurilish kichik halqa avtomobil yo‘lida, Xonobod atrofidagi Qipchoq ko‘chasida va Cho‘ponota ko‘chasining davomi bo‘lgan Shota Rustaveli ko‘chalarida ko‘prik va tunnel qurish bilan boshlanadi. Ko‘prikning balandligi 7,5 metrdan 13 metrgacha bo‘ladi”, — deydi loyiha rahbari Timur Samutdinov.

Ushbu qurilish loyihasi Turkiyaning “Kalyan Ulastirma” transport muhandislik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, menejer Takin Yekerning aytishicha, O‘zbekistonda ilgari qurilgan ko‘priklarning maksimal kengligi 33 metr bo‘lgan. Bu ko‘prikning kengligi 45 metrni, qalinligi 1 metrdan 2 metrgacha bo‘lgan dunyodagi eng ingichka ko‘priklardan hisoblanadi. Ustunlarning poydevori 10-15 metr chuqurlikka quyiladi. Ko‘prikni qurish uchun yuqori bardoshli Yevropa po‘lati ishlatiladi va ustunlar uchun plitalar Italiyadan keltiriladi. Ko‘prik uzunligi – 597 metr, o‘tish yo‘llari bilan hisoblaganda 950 metrni tashkil qiladi. Ko‘prik 47 ta tayanch ustunga ega bo‘lib, ularning balandligi ko‘prikning ba’zi qismlarida 13 metrgacha yetadi. Rejaga ko‘ra, yo‘l o‘tkazgich 2021-yilning kuzida ochilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют