» » JSST kuzda Yevropada koronavirus sababli o‘limlar soni ortishi mumkinligidan ogohlantirdi

JSST kuzda Yevropada koronavirus sababli o‘limlar soni ortishi mumkinligidan ogohlantirdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2020-yilning oktabr—noyabr oylarida Yevropada koronavirus oqibatida o‘limlar sonining ortishini kutmoqda. Bu haqda tashkilotning Yevropa mintaqasi bo‘yicha direktori Hans Klyuge ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.

“Vaziyat murakkablashmoqda. Oktabr, noyabrda biz yuqori o‘lim darajasining guvohi bo‘lamiz”, — deya ma’lum qilgan Klyuge.

Uning qayd etishicha, koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat o‘quvchilarning maktablarga qaytishi va gripp mavsumi sababli yomonlashishi mumkin. Hozirgi paytda Yevropada kasallanish holatlarining ortishi kuzatilmoqda, biroq o‘limlar soni nisbatan barqaror qolmoqda.

Avstriya va Chexiya hukumatlari 13-sentabr kuni epidemiyaning ikkinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qilgan. Avstriyada ikki haftada kunlik kasallanishlari soni 2,5 marta oshgan. Shu sababli mamlakat aholisiga barcha xavfsizlik choralarini ko‘rish tavsiya qilingan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 29 059 868 kishini tashkil qilmoqda. COVID-19 oqibatida vafot etganlarning soni esa 924 953 kishiga yetgan. Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 19 652 377 nafari kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘tgan bir sutka ichida butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 307,9 ming kishiga oshib, yangi sutkalik rekord qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют