» » Bundesliga o‘yinlariga tomoshabinlar kiritilishiga ruxsat beriladi

Bundesliga o‘yinlariga tomoshabinlar kiritilishiga ruxsat beriladi


Bundesliga klublariga 2020/21-yilgi mavsum boshidan stadionlarga muxlislarni kiritishga ruxsat beriladi.

Bild nashrining xabar qilishicha, klublar oktabr oyi oxiriga qadar stadionning 20 foiz qismiga tomoshabinlar kiritishi mumkin bo‘ladi.

Shundan keyin liga rahbariyati o‘yingohlardagi tomoshabinlar sonini oshirish masalasini qayta tahlil qiladi.

Misol uchun, Dortmundning “Borussiya” klubi uy stadioni “Signal Iduna Park” 81 365 tomoshabinga mo‘ljallangan. Shu tariqa dortmundliklarning uy o‘yiniga mavsum boshida 16 720 tomoshabin kiritilishi mumkin.

Germaniya chempionatining 2020/21-yilgi mavsumi 18-sentabrda start oladi. Koronavirus pandemiyasi sabab 2019/20-yilgi mavsumning aksariyat qismi tomoshabinlarsiz o‘tgandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют