» » Jizzaxda pochchasini o‘ldirib, kanalga oqizib yuborgan shaxs hibsga olindi

Jizzaxda pochchasini o‘ldirib, kanalga oqizib yuborgan shaxs hibsga olindi


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida o‘zaro janjal sabab qarindoshini o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.

Qayd etilishicha, Sharof Rashidov tumani “Qizlartepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan tan jarohati yetkazilgan jasad topildi. Marhum Sharof Rashidov tumani “Sovungarlik” mahallasida yashagan, 1978-yilda tug‘ilgan, kirakashlik bilan shug‘ullangan U.X. bo‘lib chiqdi.

Sud tibbiy ekspertiza o‘limga bosh miya sohasining yopiq jarohati hamda miya to‘qimalariga qon quyilishi sabab bo‘lganligini ko‘rsatdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruvlar natijasida jinoyatni u bilan birga istiqomat qiluvchi, qaynisi, 1993-yilda tug‘ilgan S.A. sodir etganligi aniqlandi. Ayblanuvchi janjal tufayli pochchasini o‘ldirib qo‘ygan va jasadni marhumga tegishli avtomashinada kanalga olib borib tashlagan. Avtoulovni esa ko‘zdan pana joyda qoldirgan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni vaqtda S.A. hibsxonada ekani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют