» » Samarqandda Isuzu yuk mashinasi urib yuborgan Gentra’da ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi

Samarqandda Isuzu yuk mashinasi urib yuborgan Gentra’da ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi


Samarqandda Isuzu yuk mashinasi va Gentra ishtirokidagi YTHda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Voqea 16-sentabr kuni soat 07:00 da Paxtachi tumani “Yobu” mahallasi hududidan o‘tgan M-37 Samarqand—Buxoro avtomobil yo‘lining 139-kilometrida yuz bergan. 26 yoshli I.R. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu yuk mashinasini Navoiy viloyati yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, old tomonidan harakatlanib ketayotgan 53 yoshli Sh.H. hayab ketayotgan Gentra’ning orqa tomonidan urib yuborgan.

Oqibatda Gentra yo‘lovchisi 70 yoshli H.X. tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan. Yo‘lovchilari 68 yoshli ayol H.U. va 42 yoshli ayol A.B. turli darajada olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay H.U. vafot etgan.

YTH yuzasidan Paxtachi tuman IIB huzuridagi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют