» » BMW 1-seriyali xetchbeki yoshlarbop versiyaga ega bo‘ladi (foto)

BMW 1-seriyali xetchbeki yoshlarbop versiyaga ega bo‘ladi (foto)


BMW kompaniyasi yangi 1-seriya xetchekini taqdim etadi. Yangi model brendning yosh auditoriyasiga mo‘ljallangan bo‘lib, uning kapoti ostidan 265 ot kuchiga ega 2,0 litrli 128ti “turboto‘rtligi” o‘rin olgan, deb xabar beradi Motor.

Ti va tii abberviaturalari (Touring International va Touring International Injection) 1960—1970-yillarda 02-seriyasiga kiruvchi sport modifikatsiyalarini nomlashda foydalanilgan. Keyinroq nomdagi ti’ga E36 kuzovidagi 3-seriya xetchbeki ega bo‘lgan. Endi esa uch silindrli 118i va besh eshikli M135i xDrive oralig‘idagi model xuddi shunday nomlanadi.

BMW 128ti xetchbeki hozirda yakuniy testlardan o‘tmoqda. Mashinaning yurishi tog‘li Ayfelning sirpanchiq yo‘llarida va, albatta, Nyurburgring trassasida sinovdan o‘tkazilyapti. Mashinaga 265 ot kuchiga ega 2,0 litli “turboto‘rtlik” o‘rnatilgan. Transmissiyada esa sakkiz pog‘onali Steptronic Sport “avtomati” va Torsen tipiga mansub mexanik differensialdan foydalanilgan. Model soatiga 100 kilometr tezlikka 6,1 soniyada erishadi: taqqoslash uchun, 118i’ga ushbu ko‘rsatkich uchun 8,5 soniya kerak bo‘lsa, M135i xDrive buni 4,8 soniyada amalga oshiradi.

Yangi model shu yilning oktabrida bozorga chiqadi. Hozircha uning narxi oshkor etilmagan.

Avvalroq BMW kompaniyasi 2030-yilda havoga nol miqdorda zararli gaz chiqaradigan to‘qqiz modelni elektrifikatsiya qilishga oid rejasi bilan bo‘lishgan edi.

Mavzuga doir: BMW yapon naqshlari bilan bezatilgan 8-Series’ning maxsus versiyasini yaratdi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют