» » Yevropa Ligasi. “Milan” Irlandiya klubidan ustun keldi, “Tottenhem” so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib g‘alabaga erishdi

Yevropa Ligasi. “Milan” Irlandiya klubidan ustun keldi, “Tottenhem” so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib g‘alabaga erishdi


“Milan” 17-sentabr, payshanba kuni UEFA Yevropa Ligasi ikkinchi saralash bosqichi doirasida Irlandiyaning “Shamrok Rovers” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Dublinda o‘tgan uchrashuvda hisob birinchi bo‘limning 23-daqiqasiga kelib, Zlatan Ibragimovich tomonidan ochildi. 67-daqiqada esa Xoqon Chalxono‘g‘lu hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Shundan so‘ng darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

Shu tariqa italyan klubi Yevropa Ligasining uchinchi saralash bosqichiga yo‘l oldi. Jamoaning keyingi bosqichdagi raqibi keyinroq ma’lum bo‘ladi.

“Tottenhem” esa Bolgariyada “Lokomotiv Plodiv” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 71-daqiqasida maydon egalari oldinga o‘tib oldi. Oradan ko‘p o‘tmay bolgarlarning ikki nafar futbolchisi maydondan chetlatildi.

Sondagi ustunlikdan unumli foydalangan “shporlar” Harri Keyn va Tangi Ndombelening gollari evaziga g‘alabani ilib ketdi.

Yevropa Ligasi

2-saralash bosqichi

17-sentabr, payshanba

Gollar: 0:1 — 23 Ibragimovich, 0:2 —67 Cholxono‘g‘lu.

“Shemrok Rovers”: Mannus, Greys, Lopes, O’Brayen, Farruja (Kavanag, 83), O’Nil (Uots, 70), Finn, Birn, Makineff, Berk, Grin (Villiams, 87).

“Milan”: Donnarumma, Kyer, Teo, Kalabriya, Gabbiya, Kessie, Salemakers (Krunich, 74), Chalxono‘g‘lu (Dias, 84), Binnosir (Tonali, 84), Kastilyexo, Ibragimovich.

Ogohlantirish: Greys (51).

Gollar: 1:0 – 71 Minchev, 1:1 – 80, penalti Keyn, 1:2 – 85 Ndombele.

“Lokomotiv Plovdiv”: Lukov, Masoero, Petrovich, Dinish Almeyda, Vitanov (Mixalevich, 81), Umarbayev (Minchev, 68), Salinas, Svetanov, Aralitsa (Ilich, 68), Iliyev, Karagaren.

“Tottenhem”: Lyoris, Doerti, Devis, Sanches (Lukas Moura, 73), Dayer, Lo Chelso, Sissoko (Ndombele, 61), Son Hyon Min, Heyberg, Bergveyn (Lamela, 70), Keyn.

Ogohlantirishlar: Karagaren (51), Dinish Almeyda (67), Svetanov (78), Masoero (87).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют