» » Bundesliga. “Bavariya” mavsumning ilk o‘yinida “Shalke-04” darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi

Bundesliga. “Bavariya” mavsumning ilk o‘yinida “Shalke-04” darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi


Germaniya chempionatining 2020/21-yilgi mavsumini ochib bergan “Bavariya” — “Shalke-04” uchrashuvi 18-sentabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Tanaffusga qadar myunxenliklar uch bor mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Serj Gnabri 4-daqiqada to‘p kiritib, mavsumning ilk golini urgan bo‘lsa, 19-daqiqada Leon Goretska o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 31-daqiqada Robert Levandovski hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalari yana beshta gol urishga erishdi. Gnabri yana ikkita gol urib, het-trik qayd etgan bo‘lsa, 69-daqiqada Tomas Myuller jamoasining oltinchi golini urdi.

Shuningdek, Leroy Sane va jamoaning 17 yoshli yarim himoyachisi Jamol Musiala “Bavariya” safidagi debyut gollarini urdi.

Shu tariqa amaldagi chempion mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.

Bundesliga

1-tur bahsi

18-sentabr, juma

Gollar: 1:0 – 4 Gnabri, 2:0 – 19 Goretska, 3:0 – 31, penalti Levandovski, 4:0 – 47 Gnabri, 5:0 – 59 Gnabri, 6:0 – 69 Myuller, 7:0 – 71 Sane, 8:0 – 81 Musiala.

“Bavariya”: Noyer, Pavar, Zyule, Boateng (Richards, 73), Lyuka Ernandes, Goretska (Tolisso, 51), Kimmix, Sane (Kyuizans, 73), Myuller (Zirkzeye, 83), Gnabri (Musiala, 73), Levandovski.

“Shalke-04”: Fermann, Rudi, Kabak, Stambuli, Ochipka, Matondo (Raman, 66), Serdar (Shopf, 30), Bentaleb, Xarit (Bekker, 79), Ut, Pasiyensiya (Skribski, 79).

Ogohlantirishlar: Kabak (30), Kimmix (65), Stambuli (82).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют