» » AQShning Xitoydagi elchisi COVID-19 epidemiyasini Uxanda ushlab qolish mumkin bo‘lganini aytdi

AQShning Xitoydagi elchisi COVID-19 epidemiyasini Uxanda ushlab qolish mumkin bo‘lganini aytdi


Koronavirus epidemiyasini uning epimarkazi bo‘lgan Uxan shahrida ushlab qolish mumkin edi, biroq Xitoy rasmiylari kasallik tarqalishining boshlang‘ich davrida unga qarshi munosib kurasha olmagan. Bu haqda o‘z lavozimini tark etayotgan AQShning Pekindagi elchisi Terri Bransted CNN telekanaliga ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

“Koronavirusni Uxanda ushlab qolish mumkin edi, yakunda esa butun dunyo bo‘ylab pandemiyaga aylanib ketdi”, — dedi amerikalik diplomat.

“Xitoydagi tizim shundayki, ular vaziyatni yashirgan va hatto boshida xavf haqida ogohlantirgan shifokorlarni jazolagan”, — deya ta’kidlagan Bransted. Shuningdek, u AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashuvida javobgarlikni Pekinning zimmasiga yuklagan.

Bransted ko‘plab kuzatuvchilar uchun kutilmagan ravishda AQShning Xitoydagi elchisi lavozimidan iste’foga chiqayotganini va Qo‘shma Shtatlarga qaytayotganini ma’lum qildi. U mazkur juda muhim diplomatik lavozimni 2017-yildan buyon egallab kelayotgandi. CNN telekanalining qayd etishicha, Bransted Xitoy raisi Si Szinpin bilan 1980-yillardan buyon tanish hisoblanadi, biroq u bu shaxsiy aloqadan hech qachon Vashington va Pekin munosabatlariga xizmat qilish uchun foydalana olmagan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp va uning tarafdorlari bo‘lgan respublikachilar bir necha marta Pekinni koronavirus tarqalishining xavfliligi haqida dunyoni ogohlantirmaganlikda ayblagandi. Shuningdek, Tramp agar Xitoy koronavirus tarqalishi sabablarini o‘rganishda hamkorlik qilmasa, unga nisbatan sanksiya joriy qilish variantini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan. Xitoy rasmiylari esa bunday fikrlarni asossiz deb atagan.

Avvalroq Xitoyning Uxan shahri pandemiya boshlanganidan buyon birinchi xalqaro aviareysni qabul qilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют