» » Qozog‘istonda koronavirus va pnevmoniya qurbonlari soni 1671 kishiga, Qirg‘izistonda esa 1063 nafarga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus va pnevmoniya qurbonlari soni 1671 kishiga, Qirg‘izistonda esa 1063 nafarga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 65 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 107 199 kishiga yetdi. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Mamlakatda hozirga qadar bemorlarning 101 822 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 1671 kishi koronavirus va pnevmoniya asoratlari oqibatida vafot etgan (o‘tgan bir sutkada — 5 kishi).

Mavzuga doir: Qozog‘iston koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini boshladi

Qirg‘izistonda 19-sentabr holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 91 ta holat aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 aniqlanganlar soni 45 335 kishini tashkil etmoqda. O‘tgan bir sutka ichida 69 bemor sog‘aygan.

Qirg‘izistonda hozirga qadar koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 1063 kishiligicha qolmoqda. O‘tgan bir hafta ichida ushbu ko‘rsatkich o‘zgarmagan. Statistikaga kiritilgan bu kabi o‘zgartirish SSV tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, yondosh kasallikka ega, xususan, yurak kasalligi bor 400 ta holat olib tashlangan. Shu bilan birga, vazirlik statistikani JSST metodikasi bo‘yicha qayta hisoblashga va’da bergan.

Mavzuga doir: JSST COVID-19 mavzusida bir-biriga zid bayonotlar bermaslikka chaqirdi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 22 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Tolo News xabar berdi.

Afg‘onistonda pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 38 919 kishiga yetgan, hozirga qadar 32 576 kishi davolangan, 1437 kishi virus qurboniga aylangan (o‘tgan bir sutkada birorta o‘lim holati qayd etilmagan).

Tojikistonda 18-sentabr holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 9259 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Asia Plus xabar berdi.

O‘tgan bir sutka ichida yana 45 kishida COVID-19 aniqlangan. Hozirga qadar virus qurbonlari soni 73 kishiga yetgan, 8026 kishi kasallikdan davolangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 18-sentabr kuni 617 kishida koronavirus aniqlandi. Olti nafar bemor vafot etdi

O‘zbekistonda 19-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 634 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Ayni paytda mamlakatda 46 645 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan, 3 566 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 69) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют