» » Belarus chempionati. Humoyunmirzo Iminov debyut qilgan o‘yinda “Energetik-BGU” amaldagi chempionga yutqazdi

Belarus chempionati. Humoyunmirzo Iminov debyut qilgan o‘yinda “Energetik-BGU” amaldagi chempionga yutqazdi


Futbol bo‘yicha Belarus Oliy Ligasining 24-turida “Energetik-BGU” 19-sentabr, shanba kuni Brestning “Dinamo”siga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Pavel Savitskiy mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Bunga minskliklar Dmitriy Girsning 16-daqiqadagi goli bilan javob qaytardi.

35-daqiqada Savitskiy dublini nishonladi. Shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi.

Mazkur bahsda “Paxtakor”dan ijara asosida “Energetik-BGU”ga o‘tgan Humoyunmirzo Iminov debyut qildi. Futbolchi 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Yana bir o‘zbekistonlik legioner Shahboz Umarov uchrashuvda to‘liq harakat qildi.

“Talabalar” 34 ochko bilan 8-o‘ringa tushib ketdi. Amaldagi chempion esa ochkolarini 35 taga yetkazib olgan holda 7-pog‘onaga ko‘tarildi.

Belarus Oliy Ligasi

24-tur bahsi

Gollar: 1:0 – 5 Savitski, 1:1 – 16 Girs, 2:1 – 35 Savitski.

“Dinamo-Brest”: Ignatovich, Kiki Gabi, Bikov, Vitus, Kislyak, Veretilo, Pavloves, David Tve (Krivets, 79), Laptev, Gordeychuk (Sedko, 71), Saviskiy.

“Energetik-BGU”: Lesko, Nosko, Miroshnikov, Sokol, Bashilov, Mavatu, Umarov, Musaxanyan (Skvira, 56), Bakich (Muhamedov, 72), Sovpel (Iminov, 46), Girs.

Ogohlantirishlar: Bikov (21), Musaxanyan (52).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют