» » O‘zbekistonda 19-sentabr kuni 614 kishida koronavirus aniqlandi. Besh ayol va bir erkak vafot etdi

O‘zbekistonda 19-sentabr kuni 614 kishida koronavirus aniqlandi. Besh ayol va bir erkak vafot etdi


O‘zbekistonda 18-sentabr soat 23:30 dan 19-sentabr soat 23:00 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 614 ta holat qayd etildi. Ketma-ket ikkinchi kun kasallanganlar soni 600 nafardan yuqori bo‘lmoqda. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50992 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,2 foizi 18-sentabrga to‘g‘ri keldi.

Yangi kasallangan 614 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 11 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Faqat Buxoro, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida yangi holatlar aniqlanmadi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. Oxirgi 12 kunda kunlik kasallanish holatlari nazorat ko‘rsatkichidan baland bo‘lmoqda.

Toshkent shahrida 374 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda sentabr oyida eng kam kasallik aniqlangan kunda 109 ta (3-sentabr), eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda 510 ta (11-sentabr) yangi holat ro‘yxatga olindi. Sentabrning 19 kunida Toshkentda kasallanganlar soni 5414 nafarga ko‘paydi. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 30966 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 60,7 foizi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Toshkent viloyatida 10-sentabr kuni 186 kishida COVID-19 aniqlanganidan so‘ng kunlik kasallanish holatlari pasaymoqda: 11-sentabrda 182, 12-sentabrda 162, 13-sentabrda 143, 14-sentabrda 130, 15-sentabrda 128, 16-sentabrda 126, 17-sentabrda 125, 18-sentabrda 123 va 19-sentabrda 122 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabrning o‘zida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 2304 nafarga ko‘payib, umumiy kasallanganlar soni 9509 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 18,6 foiziga tengdir.

Namangan viloyatida 33 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabr oyining 15 kunida Namanganda yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 391 kishiga ko‘paydi. Bu qo‘shni Farg‘ona viloyatidagi aniqlangan barcha holatlardan ham ko‘p deganidir. Namanganda kasallanganlarning umumiy soni 1300 nafarga yetdi.

Andijon viloyatida 21 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda 3-sentabrdan buyon uzluksiz ravishda kasallanish holatlari qayd etilmoqda. Ushbu 17 kun ichida viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 198 nafarga ko‘paydi. Bu Jizzax viloyatida butun epidemiya mavsumida qayd etilgan kasallanish holatlaridan ham ko‘p deganidir. Andijonda kasallanganlarning umumiy soni 1408 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 2,76 foizi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

Birinchi o‘lim. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashagan 60 yoshli T.T. ismli ayol vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli R.I. ismli ayol vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Asli Qashqadaryoning Kitob tumanidan bo‘lgan, Toshkent shahrida davolangan 70 yoshli R.S. ismli ayol vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashagan 71 yoshli Z.K. ismli ayol vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 82 yoshli N.Q. ismli erkak vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 65 yoshli D.A. ismli ayol vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 427 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 445 nafarni tashkil etmoqda.

SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan. 16-sentabr kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshda vafot etdi. “Daryo” manbalari uning koronavirusdan davolanayotgan bo‘lganini ma’lum qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3294 nafar bemordan 495 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

19-sentabr kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida 626 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bu so‘nggi 22 kun ichida eng ko‘p bemor sog‘aygan kun bo‘ldi. Shuningdek, sentabr oyida yettinchi marta kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi yangi kasallanish holatlaridan ortiq bo‘ldi.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 50 992 nafar bemordan 47 271 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 92,7 foizni tashkil etmoqda 5—9-sentabr kunlari davolanish ko‘rsatkichi pandemiya davrida ilk marta 94 foizga chiqqandi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют