» » Jizzaxda fuqaroni 2 mln evaziga koronavirusga chalinganlarni davolash markaziga ishga kiritishni va’da qilgan SSB mutaxassisi ushlandi

Jizzaxda fuqaroni 2 mln evaziga koronavirusga chalinganlarni davolash markaziga ishga kiritishni va’da qilgan SSB mutaxassisi ushlandi


Jizzax viloyatida pora evaziga fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimi qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda IIV.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassisi, Jizzax shahri “Uchariq” mahallasida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan Sh.T. COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni saralash va davolash markaziga ishga kirish niyatini bildirgan Jizzax shahridagi xususiy klinikada laborant bo‘lib ishlovchi, Sharof Rashidov tumani “Toqchilik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan J.R.dan 2 million so‘m pora so‘ragan.

Shundan so‘ng J.R. tegishli organga murojaat qilgan. Shu asosda tezkor tadbir uyushtirilib, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidagi xizmat xonasida 2 million so‘mni pora sifatida olgan Sh.T. ushlandi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют