» » Farg‘onada ishlab chiqarilayotgani aytilgan kislorod konsentratori aslida Xitoydan olib kelinayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Farg‘onada ishlab chiqarilayotgani aytilgan kislorod konsentratori aslida Xitoydan olib kelinayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi


“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida yiliga 30 ming dona kislorod konsentratorlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega Greyt Qo‘qon MChJ korxonasi ishga tushgani xabar qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu korona kislorod konsentratorlarni Xitoydan olib kelib, o‘zining yorlig‘ini bosib sotayotgani haqida xabarlar tarqaldi. “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi bunga munosabat bildirdi.

Farg‘ona viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan ushbu munosabatda qayd etilishicha, Greyt Qo‘qon MChJ kislorod konsentratorini Xitoydan to‘liq sotib olib kelmagan, balki MIC Medisal Co.Ltd kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan konsentratorning 40 foiz qismi (kislorodni ajratuvchi filtrlar, sensorli boshqaruv tizimi va kompressor) Xitoydan import qilinayotgani, so‘ngra “Qo‘qon” EIZda yig‘ilmoqda.

Konsentratorning 60 foiz qismi (korpuslar, turli o‘lchamdagi elektr uzatish kabellari, havo uzatuvchi shlanglar, o‘chirib yoqish qurilmalari, suv quyish idishi va turli o‘lchamdagi bolt va shruplar, qadoqlash qutisi va pena) esa kooperatsiya usulida O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonalaridan sotib olib yig‘ilmoqda.

“Bugungi kunda Xitoyda 5 litrlik kislorod konsentratorlarning narxi 300-400 AQSh dollari miqdorida bo‘la turib, bizning korxonamizda yig‘ilayotganining narxi 290 AQSh dollarini tashkil etmoqda. Agar biz kislorod konsentratorini Xitoy Xalq Respublikasidan tayyor holda olib keladigan bo‘lsak, yo‘l xarajatlari, bojxona boji va qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovlari bilan 300-400 AQSh dollarlik mahsulotlar 355-470 AQSh dollarga tushadi. Biz mahsulotni olib kelib, shuncha sarf xarajatlarni to‘lab, mahsulotimizni 60 yoki 180 AQSh dollari miqdoridagi zararga sotishimiz kerak bo‘ladi”, — deyiladi munosabatda.

Avvalroq Farg‘onaga Xitoydan donasi 4 million so‘m bo‘lgan 500 dona kislorod kontsentratori olib kelingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют