» » Tramp TikTok’ning Oracle va Walmart bilan hamkorligiga rozilik berdi

Tramp TikTok’ning Oracle va Walmart bilan hamkorligiga rozilik berdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaning Oracle va Walmart kompaniyalari TikTok videoilovasining 20 foiziga egalik huquqini beruvchi kelishuvga rozilik berdi, deb xabar bermoqda Meduza CNN’ga tayanib.

Reuters’ning aniqlik kiritishicha, ushbu kelishuv ilovaga AQShda ishlashni davom ettirishga imkon beradi, chunki Oracle AQShning TikTok foydalanuvchilari ma’lumotlarini “AQSh milliy xavfsizlik talablariga muvofiq” o‘z ma’lumotlar bazasida saqlaydi. CNN’ning yozishicha, Tramp kelishuvni ma’qulladi.

Shuningdek, Reuters’ning qo‘shimcha qilishicha, kelishuv TikTok’ni Xitoyning ByteDance’dan tortib olish maqsadida emas, hamkorlik sifatida tuzilgan.

The Washington Post ta’kidlashicha, bu dastlab Tramp qat’iy turib olgan TikTok’ni butunlay sotish fikridan “ortga tashlangan katta qadamdir”. Kelishuvda TikTok kompaniyasi shtab-kvartirasi AQShda (ehtimol Texasda) joylashishi ko‘zda tutilgan. Reuters manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, TikTok Global’ning 80 foiz ulushi xitoyliklarga tegishli bo‘ladi. CNN manbasiga ko‘ra, ByteDance TikTok’ning majoritar aksioneri bo‘lib qoladi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, Oracle va Walmart 12,5 foiz va 7,5 foizlik ulushni qo‘lga kiritish uchun mos ravishda jami 12 milliard dollar to‘lashga rozi. ByteDance kelishuv doirasida servis 60 milliard dollarga baholanishiga erishmoqchi.

Reuters suhbatdoshi, o‘z navbatida amerikalik investorlar ByteDance’ning 40 foiziga egalik qilishiga e’tibor qaratgan. Oq uy shunday yo‘l bilan TikTok Global’ning aksariyat qismi AQSh hamkorlariga tegishli deb hisoblaydi.

ByteDance kelishuv doirasida AQShda 25 mingta ish o‘rini yaratishga rozi bo‘lgan. Xitoy kompaniyasida ushbu kelishuv shartlari “adolatsiz” deb topilgan, ammo bu TikTok AQShda ishlashni to‘xtatishi yoki butunlay Amerika kompaniyalariga sotilishidan yaxshiroq ekanligi ta’kidlangan.

Reuters taxminiga ko‘ra, Tramp 2020-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari sababli ham amerikalik yosh saylovchilarni o‘ziga qarshi turmasligi uchun TikTok masalasida murosaga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 2020-yilning 6-avgust kuni AQShda TikTok’ni bloklashni ko‘zda tutuvchi farmonni imzolagandi. Farmonga ko‘ra, agar xizmatning AQShdagi operatsiyalari Amerika kompaniyasiga sotilmasa, TikTok AQShda hujjat imzolanganidan 40 kundan keyin bloklanishi nazarda tutilgandi. Shu tariqa, Donald Tramp ByteDance kompaniyasiga shartnoma tuzish uchun 20-sentabrgacha muhlat bergandi. Shuningdek, Tramp ana shu sanada WeChat’ni bloklashni ham va’da qilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют