» » Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z uyida “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z uyida “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining 16-turida “So‘g‘diyona” 21-sentabr, dushanba kuni “Qo‘qon-1912”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq maydon egalari Shahboz Jo‘rabekovning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Marko Kolavovich jizzaxliklarning ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limning 4-daqiqasida qo‘qonliklar jamoasi bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Bobur Akbarov ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi.

61-daqiqada Iskandar Shoyqulov uzoq masofadan aniq zarba yo‘llagan holda chiroyli golga muallif bo‘ldi. Qolgan vaqtda “So‘g‘diyona” futbolchilari vaziyatni nazorat qildi va o‘yindagi hisob o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin “So‘g‘diyona” ochkolarini 20 taga yetkazib olgan holda 9-o‘ringa ko‘tarildi. “Qo‘qon-1912” (26) esa 6-pog‘onaga tushib ketdi.

Coca-Cola Superliga

16-tur bahsi

21-sentabr, dushanba

Gollar: 1:0 – 5 Jo‘rabkov, 2:0 – 44 Kolakovich, 3:0 – 61 Shoyqulov.

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Ayubxon No‘‘monov (Elyor Orifov, 74), Jamshid Boltaboyev (Sanjar Rashidov, 34), Shohruz Norxonov (Sahob Rashidov, 85) , Jasur Hasanov, Shavkat Mullajonov, Javohir Qahramonov (Daniyel Nasriddinov, 73), Shahboz Jo‘rabekov (Dian Talxatov, 74), Marko Kolakovich.

“Qo‘qon-1912”: Botirali Ergashev, Bobur Akbarov, Shohnazar Norbekov (Iqbol Malikjonov, 90), Quvondiq Ro‘ziyev, Sardor Azimov (Muzaffar Muzaffarov, 46), Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov (Avaz Mamatxo‘jayev, 62), Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Murod Holmuhammedov (Sobit Sindarov, 86), Yakuba Bamba (Suhrob Berdiyev, 46).

Ogohlantirishlar: No‘monov (36), Azimov (41), Akbarov (47).

Chetlatish: Akbarov (49).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют