» » O‘zbekistonda 21-sentabr kuni 619 kishida koronavirus aniqlandi. Yana yetti kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 21-sentabr kuni 619 kishida koronavirus aniqlandi. Yana yetti kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekistonda 20-sentabr soat 23:00 dan 21-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 619 ta holat qayd etildi. Ketma-ket to‘rtinchi kun kasallanganlar soni 600 nafardan yuqori bo‘lmoqda. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 52259 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,18 foizi 21-sentabrga to‘g‘ri keldi.

Yangi kasallangan 619 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 9 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. Oxirgi 14 kunda kunlik kasallanish holatlari nazorat ko‘rsatkichidan baland bo‘lmoqda.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli Z.Ch. ismli ayol vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayhontohur tumanida yashagan 46 yoshli H.I. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashagan 62 yoshli X.Sh. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashagan 31 yoshli S.B. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. SSV 21-sentabr 23:30 dagi axborotida COVID-19 oqibatida vafot etgan bir kishi haqida xabar berdi. “1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi”, — deyiladi SSV axborotida. Vazirlik vafot etgan shaxsning na yoshiga, na ism-sharifining bosh harfiga, na jinsiga, na qaysi hududdan ekanligiga aniqlik kiritgan. Biroq kun yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan jadvalda Toshkent viloyatida vafot etgan bemorlar soni bir kun ichida 1 nafarga ko‘payganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, SSV 2 ayolning o‘limi haqida xabar bergan. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, Toshkent viloyatida yashovchi ayol kishi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. 5-sentabr kuni Xorazm viloyat 1-son klinik shifoxonasi shifokori Baxtiyor Qilichev 66 yoshida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Unda bemorning o‘limiga koronavirus asoratlar sabab bo‘lgani haqida yozilgan. 15-sentabr kuni Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Urganch shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli karantin shifoxonasidan olingan kasallik tarixi ma’lumotlariga tayanib, marhumda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanmaganini ma’lum qildi.

“Gazeta.uz” nashri bilan suhbatlashgan marhumning rafiqasi Sanobar Jumaniyozova (terapevt) va uning hamkasblari ushbu bayonotga qo‘shilmagan. Ular laboratoriya tahlillari va tekshiruvlarga asoslanib, Qilichevning o‘limiga aynan koronavirus asoratlar sabab bo‘lganini tasdiqlamoqda.

Yettinchi o‘lim. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining Birinchi bo‘lim mas’ul xodimi Shuhrat Rasulov vafot etdi. Bu haqda vazirlik tomonidan ma’lum qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi jamoasi Birinchi bo‘lim mas’ul xodimi Shuhrat Vohitovich Rasulovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga, yaqinlariga va do‘stlariga ta’ziya izhor qiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik 1962-yilda tug‘ilgan 58 yoshli Shuhrat Rasulov so‘nggi vaqtlarda koronavirus infeksiyasidan shifoxonada davolanayotganini ma’lum qilgan, biroq keyinroq xabardan mazkur jumlani o‘chirib tashlagan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 433 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 450 nafarni tashkil etmoqda.

SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan. 16-sentabr kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshda vafot etdi. “Daryo” manbalari uning koronavirusdan davolanayotgan bo‘lganini ma’lum qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3215 nafar bemordan 536 nafari og‘ir, 283 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют