» » Toshkent viloyatida koronavirus bemorlari rasmiy statistika boyicha 2-3 kunda sogaymoqda. Bu yo mojiza, yoki yolgon

Toshkent viloyatida koronavirus bemorlari rasmiy statistika boyicha 2-3 kunda sogaymoqda. Bu yo mojiza, yoki yolgon


Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bazi bemorlar kasallik qayd etilganidan 23 kun otib sogayishni boshladi. Hozircha viloyat sogliqni saqlash boshqarmasi erishgan yutuqlari boyicha bong urgani yoq, ammo Sogliqni saqlash vazirligining har kunlik hisobotlarini taqqoslagan holda Toshkent viloyatida bemorlar juda ham tez davolanayotganini kuzatish mumkin.

21-sentabr soat 23:30 holatiga kora, SSV jadvali boyicha Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar 9761 nafarni, tuzalganlar 9210 nafarni, vafot etganlar 67 nafar edi. Kasallik aniqlanganlar sonidan tuzalganlar va vafot etganlarni ayirib tashlasak, davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni kelib chiqadi 484 nafar. Viloyatda 18-sentabrda 123 kishida, 19-sentabrda 122 kishida, 20-sentabrda 121 kishida va 21-sentabrda 131 kishida, jami 497 kishida COVID-19 qayd etilgandi. Bu kunlarda jami 8 kishi vafot etgan.

Agar kasallik aniqlanganlar sonidan (497) vafot etganlar sonini (8) ayirsak, 489 raqami chiqadi. Davolanishni davom ettirayotganlar soni 484 nafarni tashkil etayotgani inobatga olib, xomaki hisob-kitob qilinsa, goyo 18-sentabrdan oldin COVID-19 qayd etilganlarning barchasi sogayib bolganu-u, oxirgi 4 kun ichida koronavirusga chalinganlardan kamida 5 nafari sogayishga ulgurgan bolib chiqadi. Eng birinchi kasallanganlar birinchi bolib tuzalgan deb faraz qilsak, ushbu 5 bemorda 18-sentabrda kasallik aniqlangan va ular oradan 3 kun otib sogaygan.

Boshqa kunlardagi raqamlarni ham solishtiramiz. 18-sentabr soat 23:30 holatiga kora, Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar 9387 nafarni, tuzalganlar 8837 nafarni, vafot etganlar 63 nafarni tashkil etayotgandi. Davolanishdagi bemorlar 487 nafar edi.

15-sentabrda 128, 16-sentabrda 126, 17-sentabrda 125 va 18-sentabrda 123, jami 502 kishida koronavirus qayd etildi. Bu kunlarda 9 kishi vafot etdi. 502-9-487=6. Goyo 15-sentabrgacha koronavirusga chalinganlarning barchasi 18-sentabr 23:30 gacha tuzalishga ulgurgan-u, 1518-sentabrda virus qayd etilganlarning 6 nafari sogaygan.

Toshkent viloyatida bemorlar nafaqat 3 kunda, balki bundan ham tezroq sogaygani boyicha misollar bor. 14-sentabr soat 23:30 holatiga kora, Toshkent viloyatida koronavirus qayd etilganlar 8885 nafarni, tuzalganlar 8428 nafarni va vafot etganlar 54 nafarni tashkil etayotgandi. Davolanayotganlar 403 nafar edi.

12-sentabrda 162, 13-sentabrda 143 va 14-sentabrda 130, jami 435 kishida koronavirus qayd etildi. Ushbu 3 kun ichida 3 nafar bemor vafot etdi. 435-3-403=29. Bu degani, 14-sentabr soat 23:30 gacha goyo 11-sentabr va undan oldin kasallikka chalinganlarning barchasi tuzalgan hamda 12-sentabr kuni COVID-19 qayd etilganlarning kamida 29 nafari oradan ikki kun otib sogaygan.

Ikki kunda 100 dan ortiq bemor sogaygani boyicha misol. 12-sentabr soat 23:30 holatiga kora, Toshkent viloyatida davolanayotgan bemorlar soni 389 nafar edi. 10-sentabrda 186, 11-sentabrda 182 va 12-sentabr 162, jami 530 kishida koronavirus qayd etilgan. 3 kun ichida 7 kishi vafot etgan. Demak, 10-sentabrda koronavirusga chalinganlardan 130 dan ortigi 2 kun ichida sogayganlar safiga qoshilgan.

Bemorlarning 23 kunda davolanish tendensiyasi avgust ortalaridan buyon davom etmoqda. Bir oy ichidagi istalgan 4 kunni olib, ozingiz ham taqqoslab bunga amin bolishingiz mumkin.

Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi azosi Habibulla Oqilov aprel oyida COVID-19dan tuzalish uchun qancha muddat kerakligi haqida gapirib otgandi.

Bemorlar ortacha 1015 kun, bazida ogir hollarda bir oy davomida tuzaladi, degandi Oqilov.

Bundan tashqari, Habibulla Oqilov iyul oyida koronavirusni uy sharoitida davolash shartlarini malum qilgandi.

Unga kora, simptomsiz, yani kasallik alomatlarsiz kechayotgan, uyda davolanish uchun yetarli sharoit bor, deb hisoblangan bemorlar faqat qonni suyultiruvchi va immunitetni kotaruvchi dori vositalarini profilaktik ravishda qabul qilishi mumkin.

Ular oilaviy poliklinikaning umumiy amaliyot shifokori tomonidan nazorat qilinadi. Tana harorati va boshqa shikoyatlarni bilish uchun har kuni belgilangan xodim telefon orqali bemor bilan boglanib uning ahvolidan xabardor bolishi kerak. Alomatsiz shakl bilan kasallangan bemorlar tuman va shaharlarda tashkil etilgan mobil guruh tomonidan saralanadi.

Uyda kuzatuvda bolgan bemorlar oila azolaridan yakkalanishi, jismoniy faollik, gigiyena talablarini barchasini vaqtida bajarishi, xonani tez-tez shamollatib turishi lozim ekanligi takidlandi. Idish-tovoqlar bir marta ishlatiladigan yoki ozi uchun individual ajratiladi. Agar kuzatuv davrida: yotalish, tomoq qirilishi, tam yoki hid sezish buzilishi, tana harorati kotarilsa, zudlik bilan oila shifokori yoki 103 raqamiga qongiroq qilib, shifoxonaga otkaziladi.

Yashash sharoiti sanitariya-epidemiologik talablarga javob bermagan yoki yakkalash imkoniyati bolmagan, 60 yoki undan yuqori yoshdagi, ortiqcha vazn, surunkali kasalliklar: gipertoniya, qandli diabet, yurak va qon-tomir kasalliklariga ega shaxslar bundan mustasno. Agar 10 kun davomida infeksiyaning klinik belgilari namoyon bolmasa, bemorlar royxatdan chiqariladi, degandi Oqilov.

Mutaxassislar koronavirus 80 foiz bemorlarda yengil kechishini takidlagan. Lekin kasallik yengil kechayotgan bemorlarning barchasi ham 1015 kun ichida toliq tuzalib ketavermaydi.

Bu borada bir misolni keltiramiz. Toshkent viloyatida yashovchi Daryo xodimlaridan biri ayni vaqtda koronavirusdan davolanmoqda. Dastlab, koronavirus uning turmush ortogida 14-avgustda aniqlangan. 15-avgustdan boshlab Daryo xodimida ham kasallik alomatlari kuzatila boshlagan. Ularning ikkovi ham uyda davolangan. 10-sentabrda Daryo xodimi ilk bor test topshirgan va natija ijobiy chiqqan. Uning turmush ortogi 16-sentabrda topshirgan takroriy testi yana bir bor ijobiy chiqdi. Demak, Toshkent viloyatida 40 kundan buyon COVID-19dan tuzalmagan kamida bir kishi bor.

Agar Toshkent viloyatida chindan ham bemorlar 2-3 kunda davolanayotgan bolsa, bu, albatta, haqiqiy mojiza boladi. Bunday natijalar bilan hatto tibbiyot turizmini yolga qoysa boladi. Koronavirus avvalgidek qorqinchli bolmay qoladi. Lekin hozircha Toshkent viloyatilik shifokorlar koronavirusni davolashda inqilob qilgani haqida bayonot bergani yoq.

Raqamlarni soxtalashtirish masalasiga kelsak, COVID-19dan tuzalmagan bemorni sogayganligi togrisida hujjatlar soxtalashtirilishi boyicha kamida bir misol mavjud. Ushbu holat aynan Toshkent viloyatida sodir bolgan. Reanimatolog Farrux Rustamov Zangiotadagi kop tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida kongilli sifatida ishlayotganida kasallikni yuqtirib olgan. U Chirchiq shahrida joylashgan viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Rustamov ozi reanimatolog bolgani uchun jonlantirish bolimida kerakli muolajalar korsatilmagani sabab, u oz huquqini talab qilganida shifoxona bosh shifokori Guljahon Yoldosheva: Bu mahmadona ekan, ruhiy kasal bolib qolibdi, deb, uni viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yuborish harakatiga tushib qolgan.

Dispanser koronavirusga chalingan bemorni qabul qilishdan bosh tortgach, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida Farrux Rustamov nomiga yuritilgan kasallik tarixiga bemor COVID-19 kasalligidan toliq tuzalganligi haqida soxta malumot kiritilgan va ahvoli ogirligiga qaramay, Guljahon Yoldoshevaning korsatmasi bilan viloyat Ruhiy kasalliklari dispanseriga yuborilgan. Koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashmagan dispanserga kislorod yetkazib beruvchi moslama olib kelingunicha Farrux Rustamovning joni uzilgan.

Viloyatda koronavirus bolgani aniqlangan bemorlar 2-3 kunda qayta test topshirganiga ishonish qiyin, qisqa muddatda ular tuzalib qolishini aytmasa ham boladi.

Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bolimi rahbari Furqat Sanayev yaqinda vazirlik raqamlarni yashirishdan umuman manfaatdor emasligini aytgandi. Ammo Toshkent viloyati statistikasida keltirilgan raqamlarni solishtirganda, kimdir kasallanganlar va sogayganlar ortasidagi balansni saqlash uchun raqamlarni chizib otirgandek tasavvur uygonadi.

Yuqoridagi misollardan tashqari, yana quyidagilarni keltirib otish orinli. 1821-sentabr oraligida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni ham, tuzalganlar soni ham 497 tani tashkil etdi.

Shuningdek, 110-sentabr kunlari Toshkent viloyatida har kuni 9398 nafar oraligida bemorlar sogayayotgandi. Sentabrning dastlabki 9 kunida viloyatda 88105 oraligida yangi bemorlar aniqlanayotgandi. 10-sentabr kuni Toshkent viloyatida bemorlar soni birdaniga osib, 186 nafarga yetdi. 11-sentabr kuni esa viloyatda tuzalganlar soni ham keskin kopayib, 157 nafar bemor sogaygandi.

Koronavirus boyicha xalqaro statistikalarni yuritayotgan Jons Hopkins universiteti va Worldometers portali ham Ozbekiston statistikasini mamlakat Sogliqni saqlash vazirligi malumotlari asosida butun dunyoga korsatib bormoqda. Agar raqamlarda qandaydir soxtalashtirishlar bolsa, demak, bubilan butun dunyogayolgon malumot berilmoqda.

SSV va Toshkent viloyati sogliqni saqlash boshqarmasi bemorlar qay tariqa 2-3 kunda davolanayotgani boyicha izoh berishi yoki koronavirusdan davolashning mojizaviy retseptini oshkor qilishi maqsadga muvofiqdir. Agar kimdir raqamlarni soxtalashtirgan bolsa, tegishli vakolatli organlar bu boyicha tekshiruv otkazishi lozim. Har holda, bir bemorning hujjatlarini soxtalashtirgan bosh shifokor boshqa bemorlarning ham hujjatlariga soxta malumot kiritmaganligiga,boshqa shifoxonalarda ham shunday holatlar yuz bermaganiga kafolatyoq.

Ozbekiston Prezidenti 28-avgustdagi yigilishda haqiqiy holat boyicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yol qoymaslik togrisida barcha rahbarlarni ogohlantirgan edi. Oshanda bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bolgan qatiy choralarga olib kelishi mumkinligi takidlangan edi. Kimdir jinoyatga qol urib, raqamlarni soxtalashtirgan bolsa, buning uchun jazosini olishi kerak.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-09-2020, 16:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -