» » Navoiyda Lacetti va Nexia to‘qnashuvi oqibatida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi

Navoiyda Lacetti va Nexia to‘qnashuvi oqibatida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi


22-sentabr kuni soat 18:30 larda Navoiy viloyati Uchquduq tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Uchquduq—Zarafshon yo‘nalishi bo‘ylab Lacetti avtomobilini boshqarib ketayotgan 23 yoshli haydovchi yo‘lning xavfli burilish joyida qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan Nexia bilan to‘qnashib ketgan.

Oqibatda Nexia ichida bo‘lgan 57 yoshli yo‘lovchi voqea joyida, shuningdek, 24 yoshli yana bir yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Nexia’ning 23 yoshli haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Uchquduq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Navoiyda rulda uxlab qolgan Damas haydovchisi Ford bilan to‘qnashuv sodir etgani, shuningdek, Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda 62 yoshli velosiped haydovchisi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют