» » Grippga qarshi vaksina qancha muddatdan keyin organizmda immunitet paydo qiladi?

Grippga qarshi vaksina qancha muddatdan keyin organizmda immunitet paydo qiladi?


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova grippga qarshi vaksina qanchadan keyin immunitet paydo qilishi va O‘zbekistonda sifatli vaksinani qayerdan olish mumkinligi borasidagi savolga javob berdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 1 milliondan ortiq kontingent grippga qarshi bepul emlanadi

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, mavsumiy grippga qarshi vaksina organizmda 15 kun ichida mikroblarga qarshi immunitet ishlab chiqadi va uning ta’sir kuchi 1 yilga yetadi. Emlashdan oldin shifokor tomonidan emlanuvchi shaxsning umumiy salomatligi tekshirilib, shunga ko‘ra vaksinatsiya qilish-qilmaslik belgilanadi. Emlanadigan odam shamollash, nafas olish yo‘llari yallig‘lanishi kabi kasalliklardan tamoman sog‘lom bo‘lishi kerak. Shuningdek, vaksina tarkibidagi komponentlarga nisbatan allergik ta’sirchanlik darajasi ham tekshiriladi. Shuning uchun vaksinatsiyadan oldin shifokor ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.

Grippga qarshi vaksina bilan maxsus tashkil qilingan emlash markazlariga borgan holda emlanish mumkin. Aholimiz yurtimizdagi mavjud vaksinalarning sifatiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Chetdan olib kirilayotgan har bir vaksina sifati va samaradorligi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasasi tomonidan tekshirilib, amaliyotga joriy qilishga ruxsat beriladi. Yurtimizga turli davlatlardan samaradorligi eng yuqori bo‘lgan vaksinalar olib kelinadi. Vaksina qabul qilayotganda har bir fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra turli davlatda ishlab chiqilgan vaksinadan birini tanlaydi.

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq grippga qarshi vaksina odamlarni COVID-19’dan himoya qilmasligi, balki grippning rivojlanish xavfi, u bilan bog‘liq asoratlar, jumladan, kasalxonaga joylashtirilish va hatto o‘lim xavfini kamaytirishi, vaksinatsiya darajasining ortishi kuz—qish mavsumida aholi orasida nafas yo‘li kasalliklari va COVID-19 pandemiyasi paytida sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘layotgan zo‘riqishning oldini olishi, O‘zbekistonda grippga qarshi vaksina kimlarga tavsiya etilmasligi haqidagi xabarlar ham chiqqan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют