» » Aleksey Navalniyga Berlindagi “Sharite” klinikasidan javob berildi

Aleksey Navalniyga Berlindagi “Sharite” klinikasidan javob berildi


Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyga Berlindagi “Sharite” klinikasidan javob berildi. Bu haqda klinikaning rasmiy saytiga tayanib, Meduza xabar berdi.

“Bemorning ahvoli shu qadar yaxshilandiki, unga statsionardan javob berilgan. Aleksey Navalniy ‘Sharite’da 32 kun davolandi, ularning 24 kunida u reanimatsiyada yotdi. Bemorning hozirgi ahvolidan kelib chiqib, davolovchi shifokorlar u to‘liq sog‘aydan deb hisoblamoqda. Biroq og‘ir zaharlanishning uzoq muddatli potensial oqibatlarini baholashga hali juda erta”, — deyiladi klinika bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniyning ahvoli 20-avgust kuni Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyotda yomonlashgan va u komaga tushgan. Komadagi dastlabki ikki kunni siyosatchi Rossiyaning Omsk shahridagi klinikada o‘tkazgan, shundan so‘ng u Berlinga olib ketilgan. “Sharite” klinikasi shifokorlari Navalniy yetib kelganidan keyin ikki kun o‘tib uning xolinesteraza ingibitorlari guruhidan bo‘lgan modda bilan zaharlanganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Navalniy zaharni o‘zi qabul qilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi Putinning taxminiga javob qaytardi

Keyinroq Germaniya hukumati ham Aleksey Navalniy Rossiyada “Novichok” turiga kiruvchi modda bilan zaharlanganini bildirgan. U ikki haftadan ortiq vaqt davomida komada yotgan, 10-sentabr kuni Navalniy zaharlanganidan so‘ng to‘liq o‘ziga kelgan va 15-sentabrda tuzala boshlaganidan keyin ilk bor Instagram’da post qoldirgan, siyosatchi 19-sentabrda tiklanish jarayoni qanday ketayotgani haqida gapirib bergan.

Germaniya Navalniyning zaharlanishiga oid ma’lumotlarni Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotiga yuborgan. Rossiya hukumati dastlab Omskdagi kasalxonada siyosatchidan olingan testlar organizmda zahar borligini ko‘rsatmaganini ta’kidlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют