» » Pul ayamaslik tavsiya qilinadigan kuzgi 7 kiyim-kechak

Pul ayamaslik tavsiya qilinadigan kuzgi 7 kiyim-kechak


Kuz faslida ham issiq, qulay va shu bilan birga didli kiyinish kerak. Ham sifatli ham chiroyli kiyim-kechak esa kamdan kam hollarda arzon bo‘ladi.

Qulay oyoq kiyim

Qulay bo‘lgan istalgan model — botfort, chelsi yoki bog‘ichli botinka xarid qiling. Xarid davomida esa sifatiga e’tibor qarating. Kuzgi poyabzal zax va nam o‘tkazmasligi, sovuqda oyoqlarni issiq ushlashi hamda yurish uchun qulay bo‘lishi kerak. Shu kabilarni o‘zida mujassamlashtirgan, sifatli matodan tayyorlangan poyabzal esa arzon bo‘lmasligi aniq.

Palto

Foto: Lisa.ru

Ustki qalin kiyimlar bir necha fasl yoki mavsumda bitta xarid qilinadi va shu sabab ham undan pul ayamaslik tavsiya qilinadi. Palto tabiiy matolardan tayyorlangan, astari bor, kiyganda qomatga mos turadigan va barcha kiyimlar bilan moslasa bo‘ladigan bo‘lishi kerak. Tanlov borasida bazaviy ranglar — qora, to‘q ko‘k, och jigarrangda to‘xtang. Tushunarsiz bezaklari bor paltolarga e’tibor qaratmang. Minimal uslubdagi palto yaxshi variant.

Sviter / jemper

Salqin faslda garderobda hech bo‘lmaganda bitta kashmir matosi yoki yungli matodan tikilgan qalin jemfer yoki sviter bo‘lish kerak. Deformatsiyalanmasigi uchun tarkibida ozgina (10 foizdan ko‘p bo‘lmagan) sintetka bo‘lgan matodan tikilgan variantni tanlagan yaxshi. Qolaversa, jemferlar kuzgi qiziqarli obrazlar yaratish uchun ham ayni muddao. Uni charm shim, keng yelkali pidjak va jinsi kurtka bilan moslasa bo‘ladi. Siz kiygan boshqa liboslar oddiy bo‘lgan taqdirda ham sifatli kashmir jemfer obrazingizni qiziqarli ko‘rsatadi.

Charm kurtka

Haqiqiy charmdan tikilgan kurtka uzoq vaqt xizmat qiladi va chiroyli ko‘rinadi. Qolaversa mazkur ustki kiyimni istalgan uslubdagi libos bilan moslasa bo‘ladi. Kuzgi obrazlari rang-barang va qiziqarli bo‘lishni istaganlarga tabiiy charmdan tikilgan kurtka yoki pidjak xarid qilish tavsiya qilinadi.

Sumka

Boshqa yil fasldagi singari kuz uchun ham sifatli va universal sumka aksessuarlaringiz orasidan o‘rin olgan bo‘lishi kerak. Sumka tanlaganda ortiqcha detallarsiz, har kuni tutsa bo‘ladiganiga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Sharf

Sharf sumkadan keyin kuzgi obraz uchun muhim bo‘lgan ikkinchi aksessuar hisoblanadi. Kashmir matoli sharfni kurtka yoki trenchlar bilan moslasa bo‘ladi. Og‘ir bo‘lmagan, issiq tutadigan bunday sharfni tozalash oson — uni qo‘lda ham kir yuvish mashinasida ham yuvsa bo‘ladi.

Qo‘lqoplar

Sovuq haroratda qo‘llarni ham issiq tutish kerak. Qo‘lqoplarni zamsh, charm va jun matosidan tikilganini tanlash tavsiya qilinadi. Rangi esa hamma kiyim bilan moslasa bo‘ladigan bazaviy bo‘lgani yaxshi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют