Toshloq va Olot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi qabul qilindi
Hukumat qarori bilan 2020-yil 21-sentabr kuni 2020–2022-yillarda Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri kambag‘al xonadonlarga subsidiya ajratish asosida yengil konstruksiyali issiqxonalar barpo etish va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish o‘rinlarini yaratish hisoblanadi.
Dasturga ko‘ra, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida jami 1 887 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Jumladan, tumanda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 108 ta investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va bu orqali 2 424 ta yangi ish o‘rinlarining yaratilishi belgilangan.
Bundan tashqari, Dastur doirasida belgilangan yillarda:
Qarorga ko‘ra, tumanda 2020-yilda qo‘lda gilam to‘qiladigan gilamchilik korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Har bir mahallada dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholi ro‘yxati shakllantiriladi.
Toshloq tumanidagi Zarkent agrosanoat kolleji binosida tumandagi kooperatsiyaga biriktiriladigan kambag‘al oila a’zolarining limonchilik sohasidagi bilim va tajribasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2020–2022-yillarda Buxoro viloyatining Olot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi ham tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, tumandagi yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Olot tumani hokimligining bo‘sh turgan yotoqxona binosi 60 ta (34 ta – 2 xonali, 26 ta – 1 xonali) xonadonga mo‘ljallangan turar joyga moslashtirib rekonstruksiya qilinadi.
Tumanda 2020-yilda 1 700 bosh qoramolga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi tashkil etiladi.
Qaror bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida jami 155 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Jumladan, tumanda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 71 ta investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va bu orqali 1 342 ta yangi ish o‘rinlarining yaratilishi belgilangan.
Tumandagi 276 nafar ishsizlar tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi mashina va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlarda kasb-hunarga o‘qitiladi.
Qaror bilan, shuningdek, tumanda kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
