Angliya Liga Kubogi. “Arsenal” “Lester”ni musobaqadan chiqarib yubordi. “Chelsi” javobsiz 6 ta gol urib, keyingi bosqichga chiqdi
Angliya Liga Kubogining 3-bosqichidan o‘rin olgan 23-sentabr, chorshanba kuniga bahslar o‘z yakuniga yetdi.
“Arsenal” jamoasi “Lester” maydonida mehmon bo‘ldi. Uchrashuvning 57-daqiqasida mezbonlar vakili Kristian Fuks o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Uchrashuv asosiy vaqtining so‘nggi daqiqasida Edvard Nketia yakuniy hisobni o‘rnatdi.
“Chelsi” esa o‘z uyida “Barnsli”ni qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Londonliklar safida Kay Haverts het-trik qayd etgan bo‘lsa, Temmi Abraham, Ross Barkli va Olivve Jiru bir martadan raqib darvoziga yo‘l topdi.
“Everton” quyi liga vakili “Flitvud” bilan bahs yuritdi. Unda Karlo Anchelotti shogirdlari yirik hisobda g‘alabaga erishdi.
Angliya Liga Kubogi
3-bosqich bahslari
23-sentabr, chorshanba
Gollar: 0:1 – 57, avtogol Fuks, 0:2 – 90 Nketia.
“Lester”: Uord, Tomas, Morgan, Fuks, Amarti, Dyuzberi-Xoll (Peres, 76), Olbrayton, Meddison (Prat, 72), Grey, Chouduri, Ixeanacho.
“Arsenal”: Leno, Kolashinats, David Luiz, Holding, Meytlend-Naylz, Saka (Belyerin, 87), Uillok (Sebalyos, 78), Pepe, an-Nenni, Nelson (Villian, 72), Nketia.
Ogohlantirishlar: an-Nenni (13).
Gollar: 1:0 – 19 Abraxam, 2:0 – 28 Xaverts, 3:0 – 49 Barkli, 4:0 – 55 Xaverts, 5:0 – 65 Xaverts, 6:0 – 83 Jiru.
“Chelsi”: Kabalyero, Aspilikueta, Emerson, Tomori, Tiago Silva (Zuma, 61), Kovachich, Barkli, Haverts (Chiluell, 66), Maunt, Hadson-Odoi, Abraham (Jiru, 72).
“Barnsli”: Kollinz, Uilyams, Zollbauer, Halme, Lyudevig, Mouett, Ritsmayer (Oduor, 57), Frizer (Chaplin, 57), Staylz, Shmidt, Vudrou (Tomas, 46).
Gollar: 0:1 – 22 Risharlison, 0:2 – 34 Risharlison, 1:2 – 48 Daffi, 1:3 – 49 Ivobi, 2:3 – 58 Kemps, 2:4 – 73 Bernard, 2:5 – 90 Kin.
Gollar: 0:1 – 57 Jahonbaxsh, 0:2 – 75 Mak Allister.
Gollar: 0:1 – 5 Joelinton, 0:2 – 20 Almiron, 0:3 – 27 Merfi, 0:4 – 31 Joelinton, 0:5 – 45 Heyden, 0:6 – 51 Lassels, 0:7 – 90, avtogol Leyvel.
Chetlatish: Diaguraga (33) — “Morkem”.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
