» » YHXBB qoidani buzgan Lacetti o‘rniga Cobalt’ga jarima belgilangani yuzasidan izoh berdi

YHXBB qoidani buzgan Lacetti o‘rniga Cobalt’ga jarima belgilangani yuzasidan izoh berdi


Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi internetda tarqalgan davlat raqamlari o‘xshash bo‘lgan Lacetti hamda Cobalt bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha izoh berdi.

2020-yilning 23-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqda “Assalomu alaykum. Bugun bizga jarima qog‘ozi keldi. E’tibor bersangiz jarimada Cobalt rusumli 40 O 205 NA avtomobili qoida buzganligi qayd etilgan. Rasmda esa 40 Q 205 NA davlat raqamli Lacetti avtomobili harakatlangani aks etgan. Buni qanday tushunish kerak?” izohi bilan fotosurat aks etgan xabar tarqaldi.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videomoslamalar orqali aniqlangan qoidabuzarliklarni ro‘yxatga olish bazasidan olingan ma’lumotga ko‘ra:

2020-yil 14-sentabr kuni soat 10:28 da Pop tumani, A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 252, 6-259 kilometr oralig‘i aholi yashash punkti Rezaksoy qishlog‘i yo‘nalishida, Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani, “Sadda” MFY, So‘kchilik ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi, 1958-yilda tug‘ilgan fuqaro A.A.ga tegishli bo‘lgan, 40 O 205 NA davlat raqam belgili Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi tezlik 70 kilometr/soat chegaralangan joyda 87 kilometr/soat tezlikda harakatlanganligi bo‘yicha unga nisbatan ma’muriya javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128(3)-moddasi 1-qismi bilan qaror qabul qilingan.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videomoslamalar orqali aniqlangan qoidabuzarliklarni ro‘yxatga olish bazasidagi mazkur qaror qayta o‘rganilganda fotosuratda yuqoridagi qoidabuzarlikni 40 Q 205 NA davlat raqam belgili Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi sodir etganligi ma’lum bo‘lgan.

Aniqlangan holat bo‘yicha 2020-yil 14-sentabr kuni fuqaro A.A.ga tegishli Cobalt rusumli avtomashina haydovchisiga nisbatan Ma’muriya javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksnign 128(3)-moddasi 1-qismi bilan qabul qilingan qaror bekor qilinib, 40 Q 205 NA davlat raqam belgili Lacetti avtomashinasi haydovchisiga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan”, – deyiladi YHXBB axborotida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют