WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Toshkentda Mercedes-Benz haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida temir ustunga urildi
Toshkentda Mercedes-Benz haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida temir ustunga urildi
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 23-sentabr kuni 31 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Mercedes-Benz avtomobili boshqaruvning qo‘ldan chiqishi oqibatida YTHga uchradi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 23-sentabr kuni taxminan soat 18:20 da Mustaqillik shohko‘chasida joylashgan “Pushkin” metro bekati yaqinida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. 31 yoshli Baxt Yu. Mercedes-Benz rusumli avtomobilni haydab ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotgan va temir ustunga urilgan. YTH oqibatida haydovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?