» » Jizzaxda qaynonasining 267 ming dollarga teng pul va tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlagan sobiq kuyov va uning sheriklari ushlandi

Jizzaxda qaynonasining 267 ming dollarga teng pul va tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlagan sobiq kuyov va uning sheriklari ushlandi


Jizzax viloyatida bosqinchilik yo‘li bilan katta miqdorda pul va tilla taqinchoqlarni uydan olib chiqib ketgan bosqinchilar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda IIV.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 12-sentabrga o‘tar kechasi soat 3:30 larda Jizzax shahri “Xalqobod” mahallasida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan uy bekasi F.M.ning turar joyida bosqinchilik ro‘y berdi.

Qayd etilishicha, 3 nafar niqob taqqan yigit jabrlanuvchi yashaydigan uy devoridan oshib kirib, F.M. hamda uning 1998 hamda 2017-yillarda tug‘ilgan qizlarini pichoq bilan qo‘rqitgan va pul talab qilgan. Bu jarayonda bosqinchilar jabrlanuvchilarni urib, yuz va tanalariga jarohat yetkazishgan.

Ular uydagi temir seyfni buzish yo‘li bilan ochib, 207 ming AQSh dollari, 3 dona tilla bilaguzuk, 5 dona tilla uzuk, 2 dona tilla zirak, 2 dona tilla zanjirni olib chiqib ketishgan. Umumiy hisoblaganda, F.M.ga yetkazilgan zarar 267 ming AQSh dollarini tashkil qilgan.

Jabrlanuvchi bu haqda ichki ishlar organlarini xabardor qilgach, tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi. Jumladan, pul va tilla buyumlar borligidan xabardor kishilarning jinoyat ro‘y bergan vaqtda qayerda bo‘lganligi aniqlandi. Tilla taqinchoqlari sotilishi mumkin bo‘lgan joylarga e’tibor qaratildi. Hududdagi videokameralar tasvirlari o‘rganilib, muqaddam sudlanganlar, jinoyatga moyil shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Bu kabi sa’y-harakatlar natijasida jinoyatni Toshkent shahri Olmazor tumani Qoraqamish dahasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1993-yilda tug‘ilgan S.X., xuddi shu manzilda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1994-yilda tug‘ilgan Sh.R., Toshkent shahri Sergeli tumani Quruvchilar dahasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan A.X., Toshkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek QFYda yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan A.A. hamda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chorbog‘ qo‘rg‘onida yashovchi, muqaddam sudlangan 1995-yilda tug‘ilgan A.U. sodir etganligi aniqlandi.

Turar joyda pul va taqinchoqlar saqlanayotganligini jinoiy guruh a’zosi, 1996-yilda tug‘ilgan A.X. yaxshi bilgan. Chunki u jabrlanuvchining 1998-yilda tug‘ilgan qizi bilan bir muddat shar’iy nikoh asosida yashagan.

Ayni vaqtda ayblanuvchilar hibsga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 10:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют