» » Fransuzlar o‘xshashi yo‘q Vision 1789 giperkarini yaratdi (foto)

Fransuzlar o‘xshashi yo‘q Vision 1789 giperkarini yaratdi (foto)


Unchalik ham mashhur bo‘lmagan Vision Automobiles Paris dizaynerlik uyi 1789-yilda Fransiyada sodir bo‘lgan inqilob sharafiga yaratilgan Vision 1789 poyga avtomobilining suratlari bilan bo‘lishdi. Biometanda harakatlanishi kerak bo‘lgan superkardan nafaqat poyga trassasida, balki umumiy yo‘llarda ham foydalanish mumkin, deb xabar beradi CARakoom.

Vision 1789 old qismiga massiv splitter o‘rnatilgan futuristik kuzovga ega. Old g‘ildirak arkalari shunday usulda yaratilganki, g‘ildiraklarning nafaqat tashqi tomoni, balki ichini ham hech qanday muammosiz ko‘rish mumkin.

Mazkur renderingga mashinaning old qismiga qo‘shilib ketgan old oyna qo‘shimcha joziba bag‘ishlaydi, u orqali old “podveska”ning elementlarini ko‘rish mumkin.

Superkar unchalik katta bo‘lmagan, orqani ko‘rishga mo‘ljallangan an’anaviy oynalar bilan jihozlangan. Yon tomonlarida Venturi deb nomlanuvchi tunnellar bo‘lib, u aerodinamikaning yaxshilanishiga xizmat qilishi kerak.

Hayratlanarli tashqi ko‘rinishga orqa qismidagi ulkan diffuzorlar yakun yasaydi, ular shaffof seksiyalar, ingichka orqa yorug‘lik fonarlari va orqa antiqanotlarni o‘z ichiga olgan.

Mavzuga doir: Video: Lamborghini Huracan Evo superkarini yig‘ish jarayoni

Modelning interyeri ham eksteryeri kabi hayratlanarli. Sport o‘rindiqlari ilmiy-fantastik filmlardagi o‘zga sayyoraliklarniki kabi ko‘rinishga ega. Haydovchining ro‘parasida displey bilan integrallashgan xuddi poyga mashinalaridagi kabi rul chambaragi o‘rin olgan.

Mavzuga doir: Foto: “Kapalak qanotli” yangi Maserati superkari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 12:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют