» » Kambojada minalarni izlab topishda jasorat ko‘rsatgan kalamush medal bilan taqdirlandi

Kambojada minalarni izlab topishda jasorat ko‘rsatgan kalamush medal bilan taqdirlandi


Kambojada kalamush mina va portlovchi moddalarni izlashda hayvonot olamida ko‘rsatgan jasorati uchun medal bilan taqdirlandi. Kemiruvchi hammasi bo‘lib 141 000 kvadrat metr maydonni o‘rganib chiqib, 39 ta mina va 28 ta boshqa moddalarni topishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi The Mirror.

Ta’kidlanishicha, Magava ismli kalamush bunday mukofot bilan taqdirlangan itlardan tashqari birinchi kemiruvchi hisoblanadi. “Magavaning fidoyiligi, mahorati va jasorati ajoyib namunadir”, ? deydi komissiya rahbari Yan Maklaflin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Kambojaga 1975?1998-yillar mobaynida olti millionga yaqin minalar qo‘yilgan. Shunday vaziyatda hayvonlarning mehnati mahalliy aholining hayotini asrab qolgan.

O‘tgan asrning oxirida uzoq davom etgan fuqarolar urushidan so‘ng minalar Kambojada saqlanib qolgan. Hozirda maxsus guruhlar mamalakat hududini zararsizlantirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ularning tarkibiga odatda hech qachon snaryadni portlatib yubormagan odamlar kiradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 14:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют