» » O‘zbekiston “Sputnik-V” vaksinasining 5000 dozasini yetkazib berish uchun Rossiya jamg‘armasiga murojaat qildi

O‘zbekiston “Sputnik-V” vaksinasining 5000 dozasini yetkazib berish uchun Rossiya jamg‘armasiga murojaat qildi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatning COVID-19’ga qarshi emlash jarayonida ishtirok etish uchun nimalar qilayotgani haqida ma’lumot berdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan Xitoyning ikki kompaniyasi vaksinalar klinik sinovlarining uchinchi bosqichini O‘zbekistonda birgalikda amalga oshirishni taklif qildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi Xitoyning Sinopharm va Zhifei Longcom kompaniyalari bilan kelishuv imzoladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston “Sputnik-V” vaksinasining 5000 dozasini ajratish yuzasidan Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasiga murojaat qildi.

Shuningdek, 25-sentabr kuni Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RTIF) O‘zbekistonga 35 million doza “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi.

“O‘zbekistondagi nazorat organlari tomonidan ruxsat berilgach, 2020-yilda respublikaga 10 million dozagacha, 2021-yilda esa yana 25 million doza vaksina yetkazib berilishi mumkin”, — deyiladi fond matbuot xizmati xabarida.

SSV O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX (koronavirusga qarshi vaksinalash) xalqaro mexanizmiga qo‘shilganini eslatib o‘tdi. Agar vaksina muvaffaqiyatli ishlab chiqilgan bo‘lsa, COVAX mexanizmida ishtirok etadigan mamlakatlar aholisining 20 foizini emlash uchun yetarli vaksina ta’minotiga kafolatlangan dastlabki kirish imkoniyatdan foydalaniladi

Vazirlik, shuningdek, O‘zbekistonda vaksinalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish olimlar va farmatsevtika sohasi ishlab chiqaruvchilari tomonidan ko‘rib chiqilayotganini qayd etgan.

Avvalroq O‘zbekiston COVID-19 vaksinasi klinik sinovlarining barcha bosqichi yakunlanmagunicha uni sotib olmasligi ma’lum qilingandi. Avgust oyi boshlarida Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi vaksinani xarid qilish masalasini o‘rganishga bir hafta muddat bergandi. Prezident topshirig‘iga binoan vaksinani xarid qilish va mamlakat aholisini emlashni amalga oshirish yo‘llarini o‘rganib chiqish maqsadida yetakchi olimlar va tajribali shifokorlardan iborat ishchi guruh tuzilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 15:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют