» » Olmaotadan uchgan Airbus A321 qush bilan to‘qnashuv tufayli ortga qaytishga majbur bo‘ldi

Olmaotadan uchgan Airbus A321 qush bilan to‘qnashuv tufayli ortga qaytishga majbur bo‘ldi


“Eyr Astana” aviakompaniyasining Olmaota—Aktau yo‘nalishida reysni amalga oshirayotgan Airbus A321 samolyoti qush bilan to‘qnashuv tufayli parvoz qilgan aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda kompaniyaning korporativ kommunikatsiyalar departamenti ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Samolyot Olmaotadan 30-iyul, yakshanba kuni soat 22:25 da uchgandi. Parvoz xavfsizligini hisobga olib, ekipaj ortga qaytishga qaror qildi. Soat 23:25 da havo kemasi Olmaota aeroportiga eson-omon qo‘ndi”, — deyiladi aviakompaniya xabarida. 

Qo‘nishdan so‘ng aviakompaniya muhandislari havo kemasini tekshiruvdan o‘tkazdi va u soz holatda ekanligini aniqladi. Shundan so‘ng samolyot Aktauga 31-iyul, dushanba kuni soat 00:55 da uchib ketdi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-07-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют