» » Novosibirsklik kardiojarrohlar ilk bor bemorga ikki mexanik yurakni ko‘chirib o‘tkazdi

Novosibirsklik kardiojarrohlar ilk bor bemorga ikki mexanik yurakni ko‘chirib o‘tkazdi


Novosibirsklik kardiojarrohlar dunyoda ilk bor yurakning o‘ng va chap bo‘limlariga ishlaydigan va qon aylanishiga yordam beruvchi qurilmani o‘rnatish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Bemorga ikki protez o‘rnatilishi muvaffaqiyatli o‘tdi va ayolga kasalxonadan chiqishga ruxsat berildi, deya xabar beradi “Nauka”.

Yaralanish oqibatida bemor o‘lim yoqasida edi, biroq mutaxassislar harakati bilan uning holati barqarorlashdi. Nasos bemor yuragida o‘rnatildi va unga ayol belida olib yuradigan kichik qutichadagi tashqi blokka ulangan kabel tutashtirildi. Klinikada vaqti-vaqti bilan qayta sozlanadigan boshqaruv bloki qon oqimini nazorat qiladi.

Muvaffaqiyatli operatsiyaga qaramay, ayol baribir donor yuragi ko‘chirib o‘tkazilishiga muhtoj.

Qon aylanishiga yordam beruvchi qurilma yurakning ikki bo‘limiga ishlovchi mexanik nasosdan iborat. Xorijda ishlab chiqarilgan qurilmalar qon oqimini ta’minlashi mumkin, ammo yuqori qon bosimiga sabab bo‘ladi.

Moskvalik tadqiqotchilarning Novosibirskda birinchi bo‘lib sinab ko‘rilgan ixtirosi esa buyraklar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-08-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют