» » O‘zbekistonlik yosh olim poyezdni turgan joyida, uni qismlarga ajratmasdan ta’mirlash yo‘lini topdi

O‘zbekistonlik yosh olim poyezdni turgan joyida, uni qismlarga ajratmasdan ta’mirlash yo‘lini topdi


Poyezd buzilsa, uni ta’mirlash uchun ko‘p vaqt, katta mablag‘ talab etiladi. Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida yosh olim Otabek Hamidov poyezdlarni tez va qulay tarzda ta’mirlash usuli – vibrodiagnostikani taklif qildi. Bu haqda O‘zAga tayanib, Uzbekistan 24 xabar berdi.

Otabek o‘z ixtirosi haqida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tashkil etilgan “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzuidagi respublika yosh olimlarining ilmiy-amaliy anjumanidagi chiqishida so‘zlab berdi.

Universitet ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Respublika yosh olimlar assotsiatsiyasi”ning istiqbolli rejalari asosida yaratilgan taqdimotlar, oliy ta’lim muassasalari yosh tadqiqotchilarining ilmiy ishlanmalari, ixtirolari va innovatsion texnologiyalari namoyish etildi.

Men taklif qilayotgan vibrodiagnostika – poyezdning turgan joyida uni qismlarga ajratmasdan, zamonaviy vibroanalizatorlar yordamida nosozlik va nuqsonlarini aniqlash, lokomotivni o‘sha yerning o‘zida sozlash uchun mo‘ljallangan.  Hozirgi kunda temir yo‘lda lokomotivlar oldindan belgilab qo‘yilgan reja asosida tekshiruvdan o‘tkaziladi va ta’mirlanadi. Bunda poyezdning nosozligini aniqlash uchun uni depoga olib kirib, barcha uzel agregatlarini yechish, uni qismlarga ajratish lozim. Buning uchun esa vaqt, katta xarajat ketadi.

Otabek Hamidov

Anjumanda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Fan va texnologiyalar agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-08-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют