» » Stavropollik talabaga Putin tomonidan sovg‘a qilingan ot o‘g‘irlab ketildi

Stavropollik talabaga Putin tomonidan sovg‘a qilingan ot o‘g‘irlab ketildi


Stavropol o‘lkasidan bo‘lgan talaba Gloriya Kolesnikovaga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan sovg‘a qilingan ot o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Gloriya “Rossiya gazetasi”ga ma’lum qildi.

“O‘g‘irlik biz uydan chiqib ketganimizda sodir bo‘lgan. Uyga qaytib kelganimizda otni topa olmadik”, — deydi talaba qiz.

Kolesnikova politsiyaga ariza yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlab ketilgan Cherkessk otining narxi ikki million rubl turadi, biroq u otni sotish niyatida bo‘lmagan.

Talaba qiz o‘zining oti haqida joriy yilning yanvar oyida ma’lum qilgandi. Kolesnikova 2016-yilning bahorida prezident ma’muriyatiga ot so‘rab murojaat qilgan va oradan biroz vaqt o‘tgach mamlakat rahbari qizning talabini qondirishni topshirgan. Biroq ma’muriyat otxona mavjud emasligi sabab prezident sovg‘asini topshirishni cho‘zib yurgan.

Kolesnikova uyida otxona qurish xarajatlarini to‘lashi uchun yozi bilan Moskvada ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Noyabr oyida ot qizga topshirilgan va unga Prezident laqabi berilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-09-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют