» » OChL. Skolari shogirdlari Odil Ahmedov jamoasini 5:1 hisobida yengib ham maqsadiga yeta olmadi

OChL. Skolari shogirdlari Odil Ahmedov jamoasini 5:1 hisobida yengib ham maqsadiga yeta olmadi


Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasining yarim finalida to‘p suradigan 3 klub nomi ma’lum bo‘ldi. Ular orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” ham bor.

Shanxayliklar yarim final yo‘lida Xitoyning boshqa bir klubi, Osiyo Chempionlar Ligasining ikki karra g‘olibi “Guanjou Evergrand” bilan to‘qnash kelgandi. Tomonlarning Shanxayda o‘tgan o‘yinida Ahmedov jamoadoshlari 4:0 hisobida zafar quchgandi. Javob o‘yinida “Guanjou Evergrand” asosiy vaqtni shunday g‘alaba bilan yakunladi.

Uchrashuvni boshqarib borgan eronlik Alirizo Fag‘oniy qo‘shimcha taymlarga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Unda Xalk hisobni qisqartirgan bo‘lsa, keyinroq Rikardo Gulart Villash-Boash jamoasi darvozasiga penaltidan beshinchi golni urdi — 5:1.

Chempionlar Ligasi reglamentiga ko‘ra, safarda urilgan gol tushunchasi qo‘shimcha taymlarda inobatga olinmaydi. Shu tariqa, Fag‘oniy penaltilar seriyasiga navbat berdi. Bungacha fors hakami Ahmedov jamoadoshlaridan ikki kishini chetlashtirib ulgurgandi.

Lotereyada Luis Felipe Skolari boshchilik qilayotgan “Guanjou Evergrand” 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv qahramoni, xet-trik qayd etgan Rikardo Gulart 11 metrlik zarbada adashdi. Odil Ahmedov, Xalk, Oskar kabi futbolchilar esa penaltini aniq amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Chempionlar Ligasining yarim finaliga, shuningdek, Saudiyaning “Al-Hilol” va Eronning “Persipolis” klublari yetib keldi. To‘rtinchi ishtirokchi bugun bo‘lib o‘tadigan “Urava Red” — “Kavasaki Frontale” o‘yinidan keyin hal bo‘ladi. Mazkur juftlik g‘olibi musobaqa finali ostonasida shanxayliklarga raqib bo‘ladi.

Osiyo Chempionlar Ligasi
Chorak final
12-sentabr, seshanba

Gollar: Alan, 21 (1:0). Alan, 35 (2:0). Rikardo Gulart, 83 (3:0). Rikardo Gulart, 90+1 (4:0). Xalk, 111 (4:1). Rikardo Gulart, 118-pen (5:1).
Chetlatishlar: Vang Jiajiye, 98 (Sh). Vang Shenchao, 117 (Sh).

Chempionlar Ligasining o‘tgan yilgisida yarim finalgacha o‘zbekistonlik Sardor Rashidov yetib kelgan bo‘lib, u to‘p suradigan “Al-Jaish” final yo‘lida Amirliklarning “Al-Ayn” klubi dovonidan o‘ta olmagandi. Endi Odil Ahmedov finalga chiqishga harakat qilib ko‘radi.

Chempionlar Ligasining finalida to‘p surish o‘zbekistonlik futbolchilarga nasib qilmagan. Bungacha Toshkentning “Paxtakor” (2003, 2004) va “Bunyodkor” (2008, 2012)klublari ikki martadan OChL yarim finaliga yetib kelgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют