» » Rossiyaning yana 4 ta shahrida O‘zbekistonning konsullik muassasalari tashkil etiladi

Rossiyaning yana 4 ta shahrida O‘zbekistonning konsullik muassasalari tashkil etiladi


Bugun, 21-sentabr kuni Milliy matbuot markazida joriy yilning 5-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti chog‘ida bildirilgan muammolar va taklif-mulohazalar bo‘yicha milliy va xorijiy OAV vakillari hamda keng jamoatchilikni xabardor qilishga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdurahim Xo‘jayev xorijda vaqtincha va doimiy yashab kelayotgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida qilinayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Xorijda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining konsullik-huquqiy masalalardagi murojaatlarini hal etishda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, masofalarni qisqartirish va ularning vaqtlarini tejash maqsadida, birinchi navbatda MDH davlatlarida konsullik muassasalarini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi faoliyati tashkil etildi. Hozirda konsullik muassasasini xodimlar bilan to‘ldirish, uni joy va jihozlar bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda. Qisqa muddat ichida mazkur konsullik muassasasining ish boshlashi kutilmoqda.

Bugunga qadar Rossiyaning Vladivostok, Yekaterinburg va Qozon shaharlarida O‘zbekistonning uchta konsullik muassasalarini ta’sis etishga Rossiya tomonining rasmiy roziligi olindi.

Shu bilan birga, Ostona shahrida O‘zbekiston elchixonasining yangi binosini qurish ishlari boshlab yuborildi. Elchixona Ostonaga ko‘chib o‘tganidan so‘ng Olmaota shahridagi vakolatxonamiz o‘rnida bosh konsulxona tashkil etish rejalashtirilgan.

Abdurahim Xo‘jayev, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют