» » “Nima uchun farzandlarimiz bu shafqatsizlikka guvoh bo‘lishi kerak?”. Daydi itning otilishi toshkentliklarni g‘azablantirdi

“Nima uchun farzandlarimiz bu shafqatsizlikka guvoh bo‘lishi kerak?”. Daydi itning otilishi toshkentliklarni g‘azablantirdi


“Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati 26-sentabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida itning otib tashlanishiga guvoh bo‘lgan bolaning onasidan tushgan ariza haqida ma’lum qildi. Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Chilonzorlik ayolning ma’lum qilishicha, 25-sentabr kuni uning o‘g‘li ko‘chada “qo‘lida g‘ilofga solingan miltig‘i bo‘lgan kamuflyajdagi ikki erkak”ni ko‘rgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, do‘konga ketgan bola uyga qo‘rquv bilan qaytib kelgan. U onasiga bu ikki erkak itni otib tashlaganini aytib bergan.

“Biri itning oyog‘iga, ikkinchisi esa ko‘kragiga o‘q uzgan. It chiqindi qoplari ortiga yashirinishga uringan. Itni o‘ldirganidan so‘ng, ular hayvon o‘ligini katta qora sumkaga soldi”, — deb yozadi ayol.

Ona voqea joyiga borib, vaziyatni suratga olmoqchi bo‘lgan, biroq bola bunga qarshilik ko‘rsatgan, chunki o‘zi guvoh bo‘lgan voqeadan qo‘rqib ketgan. Oradan bir necha soat o‘tib bolaning harorati ko‘tarilib ketgan — onaning qayd etishicha, farzandi qattiq asabiylashganida shunday bo‘ladi.

Ayol o‘z arizasida “Mehr va Oqibat” jamiyatidan vaziyatga aralashishni so‘ragan, chunki bu kabi hodisa “boshqalar bolalar bilan sodir bo‘lishi mumkin”.

Holat yuzasidan “Gazeta.uz” nashri “Mehr va Oqibat” jamiyati ijroqo‘mi raisi Temur Oripov bilan suhbatlashdi: “Biz hayvonlarning huquqlarini himoya qilamiz, yoshlarga bolaligidan mehr va muruvvat tuyg‘ularini singdirish maqsadida maktablarda zoohimoya suhbatlarini o‘tkazamiz, bu vaqtda esa kattalar o‘zining shafqatsiz harakatlari bilan dahshatli namuna ko‘rsatmoqda”.

“Biz bir narsani anglab yetishimiz kerak — jamiyatda bu kabi hodisalarning tez-tez yuz berishi kelajakda tirik mavjudotlarga nisbatan shafqatsizlik ko‘pchilik tomonidan qoralanmaydigan odatiy hol sifatida qabul qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Temur Oripov.

Toshkent shahrida yuz bergan egasi yo‘q jonivorlarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari haqidagi xabarlar Facebook’da va Telegram messenjerida hafta boshidan beri muntazam paydo bo‘lmoqda. 23-sentabr kuni esa shahar hokimligi daydi hayvonlarni tutish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirishini e’lon qilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют