» » IShID Suriyada ikki rossiyalik askar ushlanganini ma’lum qildi. Rossiya buni inkor etmoqda

IShID Suriyada ikki rossiyalik askar ushlanganini ma’lum qildi. Rossiya buni inkor etmoqda


IShID terrorchi guruhi o‘z nazorati ostidagi Amaq axborot agentligi orqali Dayr az-Zavr shahrida rossiyalik harbiy xizmatchi o‘ldirilganini, yana ikki nafari asirga olinganini ma’lum qildi. Terrorchilar xatti-harakatlarini kuzatuvchi SITE Intelligence Group tashkiloti buni bildirdi, deb xabar beradi Meduza.

O‘z navbatida, Rossiyaning “Xmeymim” aviabazasi vakili terrorchilar tarqatgan axborotni tasdiqlamadi.

“Dayr az-Zavr viloyatida yoki Suriyaning boshqa hududlarida Rossiya qurolli kuchlari yo‘qotishlari yoki asirga tushishi bilan bog‘liq biror voqea qayd qilingani yo‘q”, — dedi u “Interfaks” agentligi bilan suhbatda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют