» » Endi Saudiyada ayollarga mashina haydash mumkin, ammo ular hali ham erkaklardan ruxsat so‘rashi lozim

Endi Saudiyada ayollarga mashina haydash mumkin, ammo ular hali ham erkaklardan ruxsat so‘rashi lozim


Saudiya Arabistoni qiroli Salmon 26-sentabr kuni 2018-yil iyunida mamlakatda mahalliy ayollar haydovchilik guvohnomalari olishi va mashinani qonuniy boshqarishi mumkinligini e’lon qildi. Qirollik ayollarning mashina haydashi taqiqlangan jahondagi yagona davlatdir. Shu bilan birga, qirol Salmonning bu qarori hali liberallashuv boshlandi degani emas — avtomobildan foydalanish uchun ayollar oldingiday erkaklardan ruxsat so‘rashi lozim bo‘ladi, deb xabar beradi Meduza.

Saudiyada 1950-yillardan buyon ushbu taqiq amal qiladi.

Mamlakatdagi an’analarga ko‘ra, ayollar erkaklarga nisbatan kamroq huquqqa ega. Xalqaro tenglik reytinglarida qirollik eng oxirgi o‘rinlarda turadi. Masalan, sudda ayollarning ko‘rsatmasi erkaklarnikiga nisbatan kuchsiz hisoblanadi, ular shifoxona yoki bankda bir paytda bo‘lishi mumkin emas. Ayollar ko‘chaga yolg‘iz chiqishi ham ma’qullanmaydi.

Haydashning taqiqlanganiga mahalliy faollar turlicha sabab va bahonalar topadi. Jumladan, aytilishicha, mashina boshqarish ayollarning reproduktiv tizimiga salbiy ta’sir o‘tkazar ekan; shuningdek, mashina haydash ayollarga ortiq darajada erkinlik berib yuborishi, ko‘proq ko‘chaga chiqish va boshqa erkaklar bilan muloqot qilish imkoniyatini tug‘dirishi aytiladi.

Bunga qarshi ilk e’tirozlar 1990-yili bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda 47 nafar ayol ar-Riyod ko‘chalari bo‘ylab mashinada o‘tgan edi. Ular mashina haydashni bilar hamda boshqa mamlakatlarning haydovchilik guvohnomalariga ega edi. Voqea Saudiyada norozilik namoyishlariga olib keldi, ayollar hibsga olindi va faqat qarindosh erkaklarning kafilligi ostida qo‘yib yuborildi.

Keyinchalik ham bu kabi aksiyalar o‘tkazib turildi. Jumladan, 2014-yili huquq himoyachisi Loujan Hatlul avtomobilda ketayotganini videoga olgandi. O‘shanda ayol 73 kunga hibsga olindi.

2013-yilga qadar mamlakatda ayollar hatto velosiped haydashi taqiqlanar edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют