» » Temurxo‘ja Abduxoliqov Qatar Yulduzlar Ligasining dastlabki uch turida 3 ta gol urdi

Temurxo‘ja Abduxoliqov Qatar Yulduzlar Ligasining dastlabki uch turida 3 ta gol urdi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi hisoblangan Temurxo‘ja Abduxoliqov Qatar Yulduzlar Ligasi to‘purarlari jadvalida uchinchi bo‘lib turibdi. U ortda qolgan uch turda 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekistonlik futbolchi to‘p suradigan “As-Sayliya” so‘nggi turni safarda o‘tkazib, 5:2 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Abduxoliqov unda to‘liq o‘ynab, gol urishga erishdi.

O‘tgan mavsum bu jamoa sharafini Sanjar Shoahmedov ham himoya qilgandi. Uning shartnomasi 1,5 yilga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, yarim yildan so‘ng Toshkentga qaytib keldi va “Lokomotiv” safiga qo‘shildi. Kecha Shoahmedov “temiryo‘lchilar” safida “Obod” darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi Sanjar Tursunov “Al-Xaraytiyat” safidagi faoliyatini davom ettirmoqda. Uning jamoadoshlari ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin durangga erishdi. Tursunov 84-daqiqada almashtirildi.

Qatar Yulduzlar Ligasi
3-tur bellashuvlari
29-sentabr, juma

Gollar: Vagner Ribeyro, 3 (0:1). Alain Traore, 12 (1:1). Dragos Grigore 23, (1:2). Majdi Siddiq, 38 (1:3). Temurxo‘ja Abduxoliqov, 55 (1:4). Valentin Lazar, 85 (1:5). Ali Mejbel, 88 (2:5).

Gollar: Tiberkanine, 38 (1:0). Madson, 90 (1:1).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-09-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют