» » Dunyodagi eng qisqa aviareys 80 soniya davom etadi (video)

Dunyodagi eng qisqa aviareys 80 soniya davom etadi (video)


Great Big Story kanali dunyodagi eng qisqa reys — Loganair kompaniyasi tomonidan Shotlandiyaning Uestrey va Papa Uestrey orollari o‘rtasida amalga oshiriladigan 80 soniyalik parvoz haqida lavha suratga oldi, deb xabar bermoqda TJournal.

Ikki orol o‘rtasidagi masofa 2,7 kilometrni tashkil qiladi. Mazkur yo‘nalishda Loganair kompaniyasi 50 yildan buyon yo‘lovchilarni tashiydi. Samolyot bortidagi sakkizta o‘rindan bittasining narxi bir tomonga uchish uchun 17 funt sterlingni tashkil qiladi. Samolyot qo‘ngach yo‘lovchilarga havo kemasi kapitanining shaxsiy imzosi bilan sertifikat beriladi.

Ikkala orolni o‘z ichiga oluvchi Orkney orollar guruhida yashovchilarning soni kam bo‘lgani sababli ularning o‘rtasida ko‘prik qurish ma’nosiz hisoblanadi. Shuning uchun odamlar orollarga katerda yoki samolyotda borishi mumkin.

Lavha qahramoni bo‘lgan Keyt ismi o‘qituvchining aytishicha, u har haftada dars o‘tish uchun turli orollarga boradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Loganair parvozlari avtobusda yurishga o‘xshaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-10-2017, 05:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют