» » Rossiya tergovchilari Vladimirda kamida 15 o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH bo‘yicha ish ochdi

Rossiya tergovchilari Vladimirda kamida 15 o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH bo‘yicha ish ochdi


Rossiyaning Vladimir viloyatida kamida 19 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus va poyezdning to‘qnashuvi munosabati bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda, Rossiya Tergov qo‘mitasiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Jinoyat ishi Rossiya Jinoyat kodeksining 263-moddasi 3-qismi (“temiryo‘l, havo, dengiz va ichki suv transporti va metropoliten harakati xavfsizligi va undan foydalanish qoidalarini buzish”) alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan. Mazkur modda bo‘yicha ayblovchilar uzog‘i bilan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Mavzuga doir: Rossiyada poyezd bilan to‘qnashgan avtobusda o‘zbekistonlik 55 yo‘lovchi bo‘lgan

Hozirgi vaqtda tergovchilar hodisa joyini ko‘zdan kechirmoqda, YTH tafsilotlarini o‘rganmoqda. “Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 16 kishi, jumladan, 1 bola halok bo‘lgan. Qolgan yo‘lovchilar, ular orasida voyaga yetmaganlar ham bor, turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazilgan. Qurbonlar va jabrlanuvchilar soniga aniqlik kiritiladi”, — deyiladi qo‘mita axborotida.

Mavzuga doir: Rossiyadagi avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida kamida 15 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

6-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 3:39 da (Toshkent vaqti bilan 6:39 da) Vladimir viloyati Petushinskiy tumanidagi temiryo‘l kesishmasida avtobus va poyezd o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan. Avtobus nosozlik sabab kesishma ustida o‘chib qolgan. Poyezd mashinisti sostavni favqulodda to‘xtatishga uringan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan.

Halok bo‘lganlarning bari avtobus salonida bo‘lgan. Qozog‘iston TIV matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus salonida jami 57 kishi bo‘lgan — ularning 55 nafari o‘zbekistonlik yo‘lovchilar, qolgan ikkisi qozog‘istonlik haydovchi edi. Vladimir viloyati Sog‘liqni saqlash idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, avariyadan omon qolgan 34 kishi vaqtincha yashash punktida bo‘lib turibdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-10-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют