» » Shavkat Mirziyoyevga Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan “Xavfsiz turizm” loyihasi taqdim etildi

Shavkat Mirziyoyevga Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan “Xavfsiz turizm” loyihasi taqdim etildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning yanvar oyida Xorazm viloyatiga tashrifi davomida viloyatning turizm borasidagi imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, yangi yo‘nalishlar tashkil etish va ularni jahon bozorlarida targ‘ib qilish, mehmonxonalar va transport infratuzilmasini rivojlantirish zarurligini alohida ta’kidlagan edi, deb yozmoqda O‘zA.

Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan suhbatda tarmoqda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali xorijlik sayyohlarni ko‘proq jalb qilish, xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish, soha uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, suvenir ishlab chiqaradigan korxonalarni ko‘paytirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar bergan edi.

Shavkat Mirziyoyevga ushbu topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar berildi viloyatga xorijlik va mahalliy sayyohlarni jalb qilish, hududning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish loyihalari taqdim qilindi.

Yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ochish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, 2018-yilda kelishi kutilayotgan sayyohlar oqimi haqida ma’lumotlar berildi.

Turizm rivojlangan mamlakatlarda “xavfsiz turizm” atamasi qo‘llanilmoqda. “Xavfsiz turizm” loyihasi mamlakatga kelgan sayyohlar va mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash, ular uchun zamonaviy sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ko‘zda tutadi.

Prezident viloyatda “Xavfsiz turizm” konsepsiyasini amalga oshirish loyihasi bilan ham tanishdi. Unda turizm infratuzilma obyektlarini videokuzatuv moslamalari bilan jihozlash, turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi va sayohatchilarning xavfsizligini ta’minlovchi davlat va nodavlat obyektlarini yagona axborot-kommunikatsiya tizimiga ulash, viloyat hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar bo‘yicha ma’lumotlar ba’zasini shakllantirish kabi chora-tadbirlar o‘rin olgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-10-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 110) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют